• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 25 » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi. U Elboshi va To‘qayevning salomlarini yetkazdi
19:07
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi. U Elboshi va To‘qayevning salomlarini yetkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral, seshanba kuni, ikkinchi O‘zbekiston—Qozog‘iston hududlararo hamkorlik forumi doirasida O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini qayd etgan. Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlashga, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.

Asqar Mamin O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev va prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, uchrashuvda savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, agrar tarmoqlarda, ta’lim, madaniyat sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Tovar ayirboshlashdagi yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida kooperatsiya va infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qo‘shma dasturlar asosida gumanitar va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etilgan. Uchrashuv so‘ngida keng ko‘lamli O‘zbekiston—Qozog‘iston sherikligi doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib olingan.

Категория: Har-Hil | Просмотров:506 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829