• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 28 » Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni ko‘zdan kechirdi
13:04
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-fevral kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon mahallasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda jami 1 ming 120 ta xonadondan iborat 17 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi loyihalashtirilgan. Bugungi kunda 5 ta turar joy qad rostlab, ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti xonadonlardan birini kirib ko‘rgan, uylarning qurilish texnologiyasi va energiya tejamkorligiga e’tibor qaratgan.

Tashqi devorlar bazalt materiali bilan qoplangani ob-havo ta’sirini kamaytirib, xonadonlarning qishda isiq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi. Yana bir samarali tomoni – bu to‘liq mahalliylashtirilgan mahsulot.

Prezident mahalliy materiallarni ko‘proq ishlatib, uylarning narxini arzon qilish, ularni turli soha vakillari bilan birga kam ta’minlanganlarga ham ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Kredit muddatini uzaytirish, ijaraga berish orqali kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

"Shaharlarda odamlar kommunal xizmatlar sifatsizligidan norozi. Binolarni ekspluatatsiya qiladigan barqaror tashkilotlar, malakali kadrlar yetishmaydi. Yangi obyektlar eski tarmoqlarga ulab qo‘yiladi. Butun kvartal birdaniga uzoqdagi stansiyadan isitiladi. Aslida, aql bilan qilinsa, kommunal to‘lovlarni 50 foizgacha arzonlatish mumkin”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi mavzeda avtonom issiqlik stansiyasi qurish, imoratlarni ekspluatatsiya qiladigan va sifatli xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy shirkat tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Hududda yana bir nechta 9, 16 va bitta 25 qavatli turar joy barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyihada zamonaviy qurilish normalari bilan birga milliy qadriyatlar, turli marosimlar uchun qulayliklar ham inobatga olingan. Barcha uylarni 2020-yil sentabrda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Shuningdek, maktab, bolalar bog‘chasi, dam olish va sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, ko‘p qavatli avtoturargoh barpo etilishi loyihalashtirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:591 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829