• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2015 » Avgust » 2 » Senga Oshiqman 85-qism (voqealar rivoji 03.08.2015) Ranvir Ishanini qutqarib qoldi.
12:23
Senga Oshiqman 85-qism (voqealar rivoji 03.08.2015) Ranvir Ishanini qutqarib qoldi.


                                      Avvalgi qismlarda...
Ranvir kim bilan uchrashmoqda... U uchrashayotgan qiz aslida kim? Nimaga u bilan pinxona uchrashmoqda...
Ruxsar Devarshni Xasina yoniga olib kirib ketadi. Chirag bu holatdan havotirga tushadi. Ruxsardan nega bunchalik uzoq qolib ketishganini so'rayda va xonaga bostirib kiradi. Kuzatuv kameralari orqali Sharman, Ishani va Pratik bo'layotgan voqeani kuzatib turishardi. Chirag Xasinaga Devarshni yolg'onchi deb yomonlaydi. Xasina Ruxsarga Devarshni chiqarib yuborishini aytadi. Xasina Chirag bilan suxbatlashib, unga turmushga chiqishga rozi ekanligini aytadi. Shu payt xonaga Ruxsar kirib keladi va Sheyx Xasinaga telefonda rasm ko'rsatadi. Xasina Chiragga yolg'on gapirganini aytib rasmni ko'rsatadi. Chirag esa u bilan hech qanday aloqasi yo'qligini, ertaga sud bo'lishini va sudda u qiz bilan hech qanday munosabati yo'qligini aytishini aytadi. Ishani va akalari bundan hursand bo'lib ketishadi. Chirah esa Devarsh va Ruxsarni xonadan chiqarib yuboradi, so'ng eshikni qulflab, Xasina ya'ni Samiraga yaqinlashadi. Kamerada kuzatib turgan Ishnai va akalari xavotirga tushadi. Chirag unga biror nima qilib qo'ymasligi uchun biror reja o'ylashlari kerak edi. Sharman ularning oldiga kirmoqchi bo'ladi. Ishani agar Chirag Sharmanni ko'rsa hamma rejalari barbod bo'lishini aytadi. Ishani kampir libosini kiyib hassa tayanib Chirag va Samira turgan xonaga ketayotsa, Ranvirni ko'rib qoladi. Ranvir Ishanining yonidan o'tib ketayotib unga turtilib ketadi. Ishani Ranvirni tanib qolishidan xavotirga tushadi. Ranvir unga hassasini olib beradi. Ishanidan uzr so'raydi. Lekin Ishani indamaydi. Ranvir yo'lida davom etadi.
Ishani yugurgancha xonaga kiradi. Eshikni Samira ochadi. Ishani unga tanbex berganday bo'ladi va Chiragni ko'rib:
- Bu maymun kim bo'ldi?
Chirag: - Nima? Kechirasiz, men maymun emasman.
Ishani: - Kechirasan. Sen maymun emas, ahmoqsan!
Ishani shunday deb yana Xasinaga tanbex bera boshlaydi.
Chirag: - Xasina, azizam, kim bu? U kim?
Ishani: - Men kim? Men Xasinaning onasiman. Men Shabnam Xasina Nurani Ahmadman.
Chirag: - Oyijon, men sizni bilmabman.
Ishani Chiragni hassasi bilan urib uni rosa haqoratlaydi. So'ng uni xonadan xaydab chiqarib yuboradi. Samira hayron bo'lib tursa Ishani ro'moli va ko'zoynagini yechib "Men Xasina Xonim! Sening onang Shabnamman" deydi.
Shunday qilib reja amalga oshadigan bo'ldi.
Devarsh va Pratik mehmonxondan chiqib kelishayotsa, qabul joyida Ranvirni ko'rib qolishadi. Sekin o'zlarini panaga olishadi. Ranvir o'zi uchun xona gaplashayotgan edi. Ranvir ketishi bilan Devarsh va Pratik Ranvir qo'l qo'ygan hujjatni ko'rishadi. Hujjatda Ritikaning ismini ham ko'rishadi va hayron bo'lishadi. Pratik kecha Ritikani Ranvir bilan ko'rganini, lekin aniq Ritika yoki u emasligini bilmasligini aytadi.
Falguni Ranvirning xonasiga kirsa, Nitin bilan xujjatlarga qo'l qo'yayotgan bo'ladi. Falguni Ranvirga Ishanini xato qilganini, lekin aldanganini ham aytadi. Chiragni doim yolg'onchi yomon odam ekanligini, lekin nega endi uning gapiga o'zi ishonayotganini so'raydi. Ranvir o'qdan yasalgan tumorni ko'rsatadi va endi qaytib Ishaniga ishonmasligini, hayoti hamma narsadan ustunligini aytadi.
Amba bugun barcha muammolardan qutilishini o'ylaydi, lekin Chiragning sudga borishiga ishonmasdan unga telefon qiladi.
Chirag: - Demak, xonim juda ham havotirda ekanda.
Chirag telefonni oladi.
Amba: - Allo!
Chirag: - Salom, xolajon! Siz xavotirlanmang. Men soat 11da sudda bo'laman. Xolajon, mening mashinamda benzin tugab qoldi. Siz tushunarsiz, mashina usiz yura olmasligini. Men hech qanday zapravka ko'rmayapman.
Amba: - Biro nima qil, Chirag, o'sha yerda tur, sen qayerdaligingni aytsang, men senga pul olib boraman.
Chirag manzilni aytadi. So'ng Xasinaga ya'ni Samiraga telefon qiladi. Unga Syurprizi borligini aytadi. Bundan Samira bilan turganlar biroz o'ylanib qolishadi.
Disha Manasdan oilasi axvoli yaxshimasligini shuning uchun Ranvirning ofisidan pul o'g'irlashini aytadi. Manas bunga rozi emasligini aytadi.
Amba Chiragga pulni beradi va ish vaqtida bajarilishini talab qiladi. Chirag unga havotir olmasligini hammasini u aytganday qilishini aytadi. Amba ketishi bilan ortidan kulib qo'yadi. Ishani esa Sheyx Xasina rejasi yolg'on rejaligini bilsa Chirag nima qiladi deb havotirga tushadi.
Ishani ibodatxonada ibodat qilayotsa Amba va Lakshmi uni kuzatib turishadi. Lakshmi esa uning ustidan kulib: - Opajon, u shu uyda qolishini xudodan yolvorib so'rayapti - deydi.
So'ng Amba yana Ishanini xaqoratlab, qo'liga idish tutqazadi. Idishdagi qumni yerga sepishini aytadi. Amba Ishanini majburlab qum sepgizayotsa Chirag kelib qoladi:
- Bas qiling!
Amba: - Chirag? Sen hozir sudda bo'lishing kerak edi. Bu yerda nima qilayapsan?
Pratik va Devarsh bir biriga qarab reja ish berganidan suyunib qo'yadi.
Shu payt Ranvir: - Bu yerda nima bo'lyapti? U bu yerga nega keldi? U nima xoxlayapti?
Chirag: - Men aytaman.
Chirag Ranvirga yaqinlashadi.
Ranvir: - Nima gaping bo'lsa sudda gapirasan. Meni vaqtimni olishing kerak emas.
Chirag: - Yo'q sudga borishing shartmas. Hammasini shu yerda tushuntiraman.Chirag advokatni chaqiradi. Advokat Chirag hech nima bo'lmaganini tan oldi, shuning uchun ham men bu yerga keldim deydi.
Amba: - Janob, Advokat! Biz sudda kelishamiz, bu yerga nega keldingiz? U hammasini sudda aytadi. Bu yer sud emas, muammoni hal qilgani.
Ranvir: - Men ofisga ketdim. Sudga borgunimcha ko'p narsa qilishim kerak. Shuning uchun, iltimos, buni hal qiling. Men ketdim.
Chirag: - Yo'q Ranvir! Sening hayoting uchun muxim ish, men uni tugatishim kerak.
Ranvir: - 5 daqiqa ruxsat. Keyin qorangni ko'rmay.
Chirag: - 5 minutdan so'ng meni seni hayotingdan yo'qolaman.
Parul va Samira yana Sheyx Xasina rejasiga tayyorlanayotgan edi.
Advokat Chiragdan hammasini aytishini so'raydi.
Chirag: - Men bugun hammasini gapirib beraman. Bugun men haqiqatni aytaman. Advokat, men doim Ranvirga dushman bo'lganman. Xa, mening Ishani bilan xech qanday aloqam yo'q. U meni uchun xuddi singlimday.
Amba va Lakshmi bu gapdan og'zi ochilib qoladi. Ishani esa ko'zlarida yoshi bilan biroz tabassum qiladi.
Chirag: - Xa, u meni singlimday.
Hamma bu gapdan hayratga tushadi. Ranvir esa jaxli chiqib ofisga ketadi. Ishani uning ortidan yugurib chiqib ketadi.
Chirag hovliga chiqib: - Endi men bo'shman. Endi Xasinaning oldiga boraman. Qizaloq men ketyapman.
Endi ketaman deb turganda Amba va Lakshmi kelib uni haqoratlab ura boshlashadi. Chirag esa dod-voy qilgancha xovlida qochib yuradi. Amba va Lakshmi uni quvib rosa urishadi. (juda kulguli xolat)
Ranvir Mashinada ketayotsa, Ishani mashinaga osilib Ranvirni to'xtashini yalinib so'raydi. Chiragning aytgan gaplarini aytadi. Ranvir unga quloq solmay mashinani tezlatib ketib qoladi. Ishani yo'lning o'rtasida unga qaragancha qolib ketadi. Ranvir Ishaniga yon oynadan qarasa Ishanining ortidan katta yuk mashinasi kelayotgan edi. Lekin Ishani bunga etibor ham bermas edi.
Ranvir mashinadan tushadi va jon holatda Ishani tomon yuguradi. Ishani esa hamon Ranvirga termulgancha turadi. Ranvir yugurib kelib Ishanini chetga tortib qoladi va bir birini qattiq quchoqlab olishadi.
Xovlida esa rejasi amalga oshmagan Amba Lakshmi bilan Chiragni quvishardi. Uni rosa haqoratlab uradi. Chirag ulardan bas qilishini so'raydi. Va bu o'zining shaxsiy ishlari ekanini aytib u yerdan qochib ketadi.
Ishani va Ranvir yo'l o'rtasida bir biirga termulgancha turishardi...
DAVOMI BOR...

Категория: Senga Oshiqman | Просмотров:3735 | Добавил: Admin | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31