• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 28 » Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi
12:11
Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi

Bugun, 28-fevral kuni, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi boshlangani haqida xabar berilgandi. 
Senatorlar majlis kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishga kirishgan.

Ta’kidlanishicha, Senat a’zolari yangi tahrirdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunini muhokama qilishdan boshlagan.

O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 24-yanvar kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida muhim qadam qo‘yish va mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq O‘zbekiston fuqarosi maqomini olmagan insonlar muammosini qonunga muvofiq hal etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini qayd etgandi. 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini avtomatik tarzda berish taklif etildi. Bu 50 mingga yaqin insonning hayotidagi eng jiddiy muammo hisoblanadi.

Qonunning amaldagi tahriri 28 yil avval qabul qilinganligi va uning deyarli barcha normalari eskirib, zamon talablariga javob bermay qo‘yganligi ta’kidlandi. Qonunda fuqarolik sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan qonunchilik bazasini yaratish, shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligini olish va bekor qilish borasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash nazarda tutilgan.

Qonun bilan mustahkamlanayotgan yangi normalar haqida so‘z borganda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilab qo‘yilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, tug‘ilgan joyi yoki ota-onasining fuqaroligi bo‘yicha bolalarning O‘zbekiston fuqaroligini belgilash tartibi mustahkamlandi. O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari nazarda tutilgan.

So‘zga chiqqanlar qonun qabul qilinishi bilan sohaga doir qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilda bo‘lishi, inson huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishi ta’minlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:516 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829