• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 2 » Sardobadagi to‘g‘on yorilishi tufayli Qozog‘istonda minglab aholi evakuatsiya qilindi
12:45
Sardobadagi to‘g‘on yorilishi tufayli Qozog‘istonda minglab aholi evakuatsiya qilindi

Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maxtaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilindi. Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bunga chegaradagi kollektorlar suvga to‘lgani sabab bo‘lgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgandi. Turkiston viloyati hokimligi xabarida aytilishicha, oqibatda Maxtaral viloyatining chegara kollektorlari suv bilan to‘lgan. Suv oqimi sekundiga 180 kubometr bo‘lgani tufayli kollektordan suv toshib, Janajol qishloq okrugiga qarashli Jenis va Enbekshi qishloq okrugiga qarashli Janaturmis shaharchasida suv toshqini xavfi paydo bo‘lgan.

Turkiston viloyati Politsiya departamenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyatning 5 mingdan ortiq qishloq aholisi suv toshqini xavfi tufayli uylarini tark etdi. Ayrimlari o‘zlari tark etgan bo‘lgan bo‘lsa, qolganlariga evakuatsiya qilishda yordam berilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:503 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь