• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » Rossiyada “Gelendvagen” nusxasi originalidan to‘qqiz barobar arzon narxda sotuvga qo‘yildi
09:45
Rossiyada “Gelendvagen” nusxasi originalidan to‘qqiz barobar arzon narxda sotuvga qo‘yildi

Rossiyada Mercedes-Benz G 63 6x6 AMG modelining mustaqil yaratilgan nusxasi sotuvda paydo bo‘ldi. Olti g‘ildirakli yo‘ltanlamas 2002-yili ishlab chiqarilgan oddiy G 500 bazasida yaratilgan, biroq tashqi ko‘rinishida originali bilan o‘xshashlik deyarli 100 foizga teng: muhandislar proporsiyani taqsimlagan holda haqiqiy 6x6 ga xos tashqi elementlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Noodatiy loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, mazkur olti g‘ildirakli "Gelendvagen” texnik jihatdan originalidan farq qilmaydi: yo‘ltanlamasning bloklovchi barcha qismlari ishlaydi, kompressori, "resiver” va g‘ildiraklarni avtomatik ravishda shishirish mexanizmlari bor. Qayta ishlov berilgan avtomobil ro‘yxatga olingan, konstruksiyasidagi o‘zgarishlar esa YHXBB tomonidan qayd etilgan.

G 63 6x6 AMG’ning muqobili portal ko‘priklar ustiga qurilgan bo‘lsa-da, uning harakatini ta’minlaydigan elementlar original emas. Chunki LeTech portal ko‘priklari bir necha million rubl turadi. Asos qilib 2002-yilgi G-Class olingani sabab yo‘ltanlamasning saloni eski, kapoti ostidan esa 296 ot kuchiga ega V8 o‘rin olgan.

Olti g‘ildirakli Mercedes’ning tataristonlik egasi alohida buyurtmaga asosan G 63 6x6 AMG yoki G 500 4X4 yaratishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, oddiy G-Class’ni olti g‘ildirakli yo‘ltanlamasga aylantirish loyihasi to‘rt oy davom etgan. Yana 1-2 oy uning interyerini jihozlashga ketadi. Tayyor avtomobilga bir yil kafolat beriladi. Yo‘ltanlamas buyurtmachisining xohishiga qarab uni B toifaga kiruvchi yengil avtomobil yoki C toifaga kiruvchi yuk avtomobili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Namoyish etilgan olti g‘ildirakli G-Class 7,5 million rublga (105 ming dollar) sotilmoqda. Bu original G 63 6x6 AMG’dan taxminan to‘qqiz barobarga arzon.
Категория: Har-Hil | Просмотров:475 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь