• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » Rossiya sudi GM Uzbekistan sobiq bosh direktori Tohirjon Jalilovning qarzdorligini 500 mln rubl deb topdi
17:30
Rossiya sudi GM Uzbekistan sobiq bosh direktori Tohirjon Jalilovning qarzdorligini 500 mln rubl deb topdi

Voronej oblasti hakamlik sudi GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq bosh direktori, Voronejdagi Uz-Daewoo avtomobillari dileri va "Km/ch” avtosalonlar tarmog‘ining sobiq egasi, hududda bankrotlik e‘lon qilgan Tohirjon Jalilovning 500 million rublga yaqin qarzdorligini kreditorlar reyestriga kiritdi, deb xabar beradi "Kommersant”

"Vozrojdeniye” banki biznesmenning kreditorlar talablari reyestriga bir nechta kredit shartnomalari, qarz foizlari va komissiyalar bo‘yicha 209,68 million rubl kiritgandi.

Sankt-Peterburgdagi "Auditorsko-konsaltingovaya yuridicheskaya firma "Obyedinennaya yuridicheskaya kollegiya” MChJ kafillik shartnomasi bo‘yicha 299,22 million rubl qarz bilan Jalilovning bankrotligiga qo‘shildi.

"O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tohir Jalilov 1990-yillarda UzDEUavto kompaniyasida ishlagan, shu jumladan, 2003-yilgacha kompaniyani boshqargan.

Keyin esa UzDEUavto Saratov yopiq aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlangan. Bir vaqtning o‘zida, 2004—2006-yillarda Kiyevda "Ukr-O‘zavto” MChJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 2007—2009-yillarda o‘rindoshlik asosida "O‘zavtoRus” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ham ishlagan.

2009—2010-yillarda Tohir Jalilov General Motors Uzbekistan’ning marketing, savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqaruvchi direktori lavozimida ishlagan. 2010—2017-yillarda u "O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari, bir vaqtning o‘zida GM Uzbekistan bosh direktori lavozimi egallagan. 2017-yildan buyon Tohir Jalilov "O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga rahbarlik qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:473 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь