• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Rasman: Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi
21:34
Rasman: Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi

O‘zbekistonda sudlarning adolatli qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblangan Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda gapirgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Oliy sud kengashi raisi Ubaydulla Mingboyev bir oy muddatda ilg‘or tajribalar va xalqaro standartlar asosida, sud tizimini "bir sud – bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqishi zarurligi belgilandi. 

Bunda tuman (shahar) va viloyat sudlari hamda Oliy sud vakolatlarini aniq chegaralab qo‘yiladi. Endi tuman (shahar)da ishlar faqat birinchi bosqichda, viloyatda – apellyatsiya, Oliy sudda esa, kassatsiya shaklida ko‘riladi.

Sud tizimida eskilik sarqiti bo‘lgan, o‘z nomi bilan ham sudning mazmun-mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan "nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi. 

"Sudyalarning adolatli qaror qabul qilishlariga ta’sir o‘tkazuvchi barcha omillarni, shu jumladan Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilish maqsadga muvofiq. Parlamentimiz palatalari (Tanzila Norboyeva, Nurdinjon Ismoilov) bir oy muddatda ushbu taklifni ko‘rib chiqsin”, deydi Prezident Mirziyoyev.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, joriy yilda aholidan kelib tushgan murojaatlarning 8 mingdan ziyodi yoki 44 foizida sudlarda ishlar to‘liq va xolis ko‘rilmayotgani, uzoq muddat cho‘zilayotgani bildirilgan.

Ayniqsa, Toshkent (76 foiz, D.Tadjibayev, 2017 yil iyundan rais) va Farg‘ona (69 foiz, M.Tulanov, 2018 yil noyabrdan) viloyatlari jinoyat sudlari, Samarqand (41 foiz, B.Norov, 2018 yil maydan) va Qashqadaryo (23 foiz, O.Meliyev, 2016 yil iyuldan) viloyatlari fuqarolik sudlari, Buxoro (84 foiz, S.Ro‘ziyev, 2017 yil sentyabrdan) va Xorazm (71 foiz, U.Rasulberdiyev, 2018 yil noyabrdan) viloyatlari ma’muriy sudlari, Toshkent shahri (28 foiz, L.Abdullayev, 2017 yil sentyabrdan) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (78 foiz, G.Zaripova, 2019 yil dekabrdan) iqtisodiy sudlari ustidan shikoyatlar ko‘paygan.

Yoki, o‘tgan yili iqtisodiy sudlarda apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rilgan ishlarning 2,5 mingdan ortig‘i, ya’ni 44 foizi bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan.

Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda – 53 foiz, Toshkent shahri, Andijon va Navoiyda – 47 foiz, Buxoroda – 46 foizni tashkil etgan. 

"Bu – har ikki shikoyatdan biri bo‘yicha tuman va viloyat iqtisodiy sudi chiqargan qarorlar yuqori sudda o‘zgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson bo‘layotganidan dalolat beradi.

Sudlarimiz chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozim. Ayrim sudyalar tergov materiallariga bog‘lanib qolgani ham sir emas. Bu qonun, sud va davlat obro‘siga putur yetkazadi”, deydi Prezident. 

Shavkat Mirziyoyev nutqida davom etarkan, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov va Sodiqovga yil yakunigacha sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda majburiy qayd etish tizimini joriy etishни buyurdi. 

"Toki, odil sudlov xalqning ko‘z o‘ngida, ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topsin”, deydi Prezident. 

Oliy sud raisining o‘rinbosarlari Muslimov, Yodgorov, B.Isoqov biriktirilgan sohalari bo‘yicha sud amaliyotini tahlil qilib, har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida adolatli sud qarorlari qabul qilinayotganini xalqqa tushuntirish va yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yishi lozim. 

Prezident "Sud binosiga kelgan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!”, deya alohida urg‘uladi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:491 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь