• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 17 » Ramzan Qodirov dam olish kunlari ko‘chada yurganlar ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi
21:41
Ramzan Qodirov dam olish kunlari ko‘chada yurganlar ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi

Checheniston 18—19-aprel, dam olish kunlari, uchun qat’iy karantin e’lon qildi. Shu kuni faqat tibbiyot xodimlari, YPX, kommunal xizmat va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari va maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslargina harakatlanishi mumkin. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab yig‘ilishida ma’lum qilgan.

"Shanba va yakshanba kunlari tibbiyot xodimlari, YPX, favqulodda vaziyatlar va kommunal xizmat xodimlari va operativ shtat tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga ega shaxslardan tashqari boshqalarni ko‘chaga chiqmaslikka chaqirman. Qolgan barcha shaxslar, shu jumladan, vazirlik va idora xodimlari shu ikki kun davomida uyda o‘tirishlari lozim. Agar yuqorida nomi sanab o‘tilmagan davlat xizmatchilarining ko‘chada yurgani aniqlansa, ular darhol ishdan bo‘shatiladi”, — degan Ramzan Qodirov.

Avvalroq Checheniston rahbari "o‘zini yakkalash” tartibini buzgan fuqarolar uchun yangi jazo chorasini o‘ylab topgandi. U karantinga rioya qilmaganlarni qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilishni taklif etgan.

"Uyida tinchgina o‘tira olmay ko‘chaga chiqdimi? Demak, har kuni dalada ishlab elga foyda keltiradi. Biz unga (qoidabuzarga) ish topib beramiz. Yer chopadi, ekin ekadi va uni parvarishlaydi”, — degandi Qodirov.

Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash doirasida Checheniston 5-aprel kuni o‘z chegaralarini yopgandi. Cheklovlar ishlab chiqarish transporti va tibbiyot buyumlarini tashishga taalluqli emas. Bundan tashqari, respublikada tunda ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Qodirovning aytishicha bu hali "kommendatlik soati” emas, balki "harakatni-to‘xtatish” chorasi.

Mart oyida Ramzan Qodirov odamlarni koronavirusdan qo‘rqmaslikka va sarimsoq yeyishga chaqirgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:616 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь