• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 3 » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1501 kishida, Qirg‘izistonda esa 506 kishida koronavirus aniqlandi
10:39
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1501 kishida, Qirg‘izistonda esa 506 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 496 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 1005 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1501 kishini tashkil etmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Nur-Sulton — 49 / 119;

Olmaota — 131 / 206;

Chimkent — 56 / 100;

Aqmo‘la viloyati — 36 / 46;

Aqto‘be viloyati — 27 / 59;

Olmaota viloyati — 102 / 123;

Atirau viloyati — 267 / 327;

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 38 / 91;

Jambil viloyati — 48 / 65;

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 50 / 50;

Qarag‘anda viloyati — 50 / 77;

Kostanay viloyati — 24 / 48;

Qizilo‘rda viloyati — 15 / 25;

Mang‘istov viloyati — 71 / 78;

Pavlodar viloyati — 11 / 37;

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 15 / 21;

Turkiston viloyati — 15 / 29.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 23 332 kishiga yetgan. Hozirga qadar 14 777 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 20 743 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Avvalroq Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Qirg‘izistonda 3-iyul holatiga ko‘ra, yana 506 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 230 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 151;

O‘sh viloyati — 14;

O‘sh shahri — 36;

Jalolobod viloyati — 21;

Talas viloyati — 1;

Issiqko‘l viloyati — 25;

Botken viloyati — 19.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6767 kishiga yetdi, ularning 76 nafari virus qurboniga aylangan (o‘tgan bir sutka ichida 10 kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan). Hozirga qadar 2655 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 186 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 022 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 16 041 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 440 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 807 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6058 kishiga yetdi, deb xabar beradi "RIA Novosti”.

O‘tgan sutka davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 63 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4690 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 3-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

O‘zbekiston va jahon yangiliklari — Telegram’ingizda!
Категория: Har-Hil | Просмотров:484 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031