• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1403 kishida, Qirg‘izistonda esa 314 kishida koronavirus aniqlandi
12:26
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1403 kishida, Qirg‘izistonda esa 314 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 589 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 814 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1403 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Olmaota shahri — 6201 (+113);

Nur-Sulton shahri — 5889 (+95);

Atirau viloyati — 5791 (+325);

Qarag‘anda viloyati — 5243 (+81);

Chimkent shahri — 3555 (+84);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 3295 (+103);

Olmaota viloyati — 2640 (+71);

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 2116 (+96);

Turkiston viloyati — 1989 (+61);

Aqto‘be viloyati — 1742 (+32);

Jambil viloyati — 1730 (+59);

Mang‘istov viloyati — 1577 (+124);

Aqmo‘la viloyati — 1452 (+32);

Qizilo‘rda viloyati — 1449 (+40);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 1399 (+17);

Pavlodar viloyati — 1408 (+53);

Kostanay viloyati — 1098 (+17).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 25 021 kishiga yetgan. Hozirga qadar 15 860 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 23 553 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 6-iyul holatiga ko‘ra, yana 314 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 161 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 25;

O‘sh viloyati — 26;

O‘sh shahri — 41;

Issiqko‘l viloyati — 21;

Jalolobod viloyati — 15;

Norin viloyati — 15;

Botken viloyati — 10.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 7691 kishiga yetdi, ularning 92 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 
2843 nafar bemor davolangan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 279 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 951 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 19 366 bemor tuzaldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 202 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 864 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6213 kishiga yetdi, deb xabar berdi "RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 54 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 49 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 54 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4858 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 225 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

O‘zbekistonda 6-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 143 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, kasallikdan vafot etganlar soni 35 nafarga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:372 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031