• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 22 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 5,7 ming kishidan oshdi
12:19
Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 22 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 5,7 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 489 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek 1115 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan, deb xabar berdi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Nur-Sulton — 3901 (+56);

Olmaota — 3861 (+86);

Chimkent — 1654 (+7);

Aqmo‘la viloyati — 494 (+12);

Aqto‘be viloyati — 883 (+21);

Olmaota viloyati — 730 (+10);

Atirau viloyati — 1654 (+14);

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 854 (+52);

Jambil viloyati — 703 (+10);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 1507 (+45);

Qarag‘anda viloyati — 2318 (+50);

Kostanay viloyati — 512 (+14);

Qizilo‘rda viloyati — 679 (+15);

Mang‘istov viloyati — 491 (+7);

Pavlodar viloyati — 783 (43);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 417 (+17);

Turkiston viloyati — 861 (+15).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 22 308 kishiga yetgan. Hozirga qadar 13 588 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 18 757 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 1-iyul holatiga ko‘ra, yana 439 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 195 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 175;

O‘sh viloyati — 5;

O‘sh shahri — 5;

Jalolobod viloyati — 24;

Norin viloyati — 10;

Talas viloyati — 12;

Botken viloyati — 13.

O‘tgan bir sutka ichida 52 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5735 kishiga yetdi, ularning 73 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2443 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 279 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 31 517 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 14 131 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 197 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 746 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5954 kishiga yetdi, deb xabar berdi Asia Plus. O‘tgan sutka davomida yana 54 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 62 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4568 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 256 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

O‘zbekistonda 1-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8627 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 5682 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (66 foiz) sog‘aygan, hozirga qadar 26 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:441 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031