• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 18 765 kishiga, Qirg‘izistonda esa 3726 kishiga yetdi
11:02
Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 18 765 kishiga, Qirg‘izistonda esa 3726 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 534 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Nur-Sulton shahri — 77 (2,3 foiz);

Atirau viloyati — 65 (4,4 foiz);

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 47 (10,2 foiz);

Chimkent shahri — 47 (3,5 foiz);

Qarag‘anda viloyati — 43 (2,2 foiz);

Olmaota shahri —41 (1,2 foiz);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 35 (3 foiz);

Turkiston viloyati — 34 (5,5 foiz);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 25 (10,2 foiz);

Olmaota viloyati — 23 (3,9 foiz);

Aqmo‘la viloyati — 19 (5,4 foiz);

Aqto‘be viloyati — 18 (2,8 foiz);

Pavlodar viloyati — 14 (2,7 foiz);

Mang‘istov viloyati — 13 (3 foiz);

Qizilo‘rda viloyati — 12 (2,1 foiz);

Kostanay viloyati — 11 (3,1 foiz);

Jambil viloyati — 10 (1,6 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 18 765 kishiga yetgan. Hozirga qadar 11 514 kishi sog‘aygan, 134 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 11 721 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 24-iyun holatiga ko‘ra, yana 207 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, "Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 92 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 35;

O‘sh viloyati — 28;

O‘sh shahri — 43;

Norin viloyati — 5;

Jalolobod viloyati — 1;

Issiqko‘l viloyati — 2;

Talas viloyati — 1.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3726 kishiga yetdi, ularning 42 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2082 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 324 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 481 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 618 kishiga yetdi, hozirga qadar 9260 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 419 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 66,8 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5567 kishiga yetdi, deb xabar beradi "RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 54 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 70 kishiga shifoxonadan javob berilgan.

Tojikistonda hozirga qadar 54 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4109 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 24-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 6755 nafarga yetdi. Mamlakatda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4560 nafari (68 foizi) sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:424 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь