• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 9 » Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 88 kishiga ko‘payib, 4922 nafarga yetdi
11:59
Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 88 kishiga ko‘payib, 4922 nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 88 ta holat aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan yangi kasallanish holatlarining 41 tasi Nur-Sulton shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, poytaxtdan tashqari Olmaota (22 kishi), Atirau viloyati (18 kishi), Turkiston viloyati (3) hamda Mang‘istov viloyatida (4) kasallar aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4922 kishiga yetdi. Kasallikka chalingan bemorlarning 1631 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, hozirga qadar 31 kishi koronavirus qurboniga aylangan:

Nur-Sulton — 1003;

Olmaota — 1559;

Qizilo‘rda viloyati — 226;

Atirau viloyati — 290;

Qarag‘anda viloyati — 186;

Aqmo‘la viloyati — 106;

Olmaota viloyati — 182;

Turkiston viloyati — 172;

Jambil viloyati — 177;

Aqto‘be viloyati — 172;

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 34;

Chimkent — 226;

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 43;

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 218;

Pavlodar viloyati — 154;

Ko‘stanay viloyati — 61;

Mang‘istov viloyati — 113 ta holat.

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilgan. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekistonda 9-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2336 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1775 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:517 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь