• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 27 » Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi
13:41
Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi yana uzaytirilgani sababli bir qator qozog‘istonliklarga ijtimoiy to‘lov berish davom ettiriladi. Bu haqda Oq o‘rda saytida ma’lum qilindi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda favqulodda holat rejimini 11-mayga qadar uzaytirishga qaror qilgan edi. Shu sababli aprel oyida davlat tomonidan 42 500 tenge (taxminan 99 dollar) yordam puli olgan fuqarolar bu pulni may oyida ham olishni davom ettiradi.

"Hukumat daromadini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 miqdoridagi yordam pulini ikkinchi oy ham to‘lab beradi. Yana ariza berish shart emas. To‘lovlar ilgari taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi”, — degan To‘qayev. Shuningdek, muhtoj oilalar oziq-ovqatlar to‘plamini olishda ham davom etishini ma’lum qilgan.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi davrida aholining 4 million 250 nafari 42 500 tengedan yordam puli olgan. Yana 570 dan ortig‘iga oziq-ovqat to‘plami berilgan. Umumiy hisobda 1,1 million kishini oziq-ovqat bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yana 1,6 million kishi aprel-may oylarida kommunal xizmatlar uchun 15 tenge miqdorida davlatdan yordam puli oladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. 11-aprel kuni esa mamlakat prezidenti favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirishga qaror qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:591 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь