• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 30 » Qorako‘lda elektr tayanch ustunlarini tiklash ishlari boshlandi. Unga 70 ga yaqin mutaxassis jalb qilingan
12:51
Qorako‘lda elektr tayanch ustunlarini tiklash ishlari boshlandi. Unga 70 ga yaqin mutaxassis jalb qilingan

O‘zbekiston hududi bo‘ylab 27—28-aprel kunlari yuz bergan kuchli shamol natijasida ishdan chiqqan elektr tarmoqlarining faoliyati qayta tiklanmoqda. Ayni paytda tabiiy ofatdan eng ko‘p talafot ko‘rgan hudud — Buxoro viloyatida havo tarmoqlarini tiklash ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

Xususan, zarar yetgan tayanch ustunlarini ta’mirlash hamda yangilash ishlari bilan bir nechta brigadalar tomonidan tonggi soat 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar ish rejimi yo‘lga qo‘yilgan.

Misol uchun, viloyatning Qorako‘l tumani "Tayqir” MFY hududidagi cho‘l zonasida 70 nafardan ortiq mutaxassis-xodim "Hamza-2” liniyasining tayanch ustunlarini tiklash bilan shug‘ullanyapti.

"Tayqir qishlog‘ida ish olib borayotgan energetiklar tasarrufida 4 ta avtokran, 1 ta buldozer, 2 ta ekskavator, 3 ta tayanch ustuni tashish yuk avtomobillari hamda 5 ta maxsus ustaxonali yuk mashinasi mavjud. Ular yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ining 8 ta tayanch ustunini tiklamoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qoldi. Aynan elektr simlarining uzilib tushishi bir kishining umriga zomin bo‘lgan. Bundan tashqari, kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qolgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:580 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь