• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 9 » Qo‘qonda ota 6 yashar o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan tashlab yubordi
21:09
Qo‘qonda ota 6 yashar o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan tashlab yubordi

Qo‘qon shahrida 6 yoshli o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan itarib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 27-yanvar kuni soat 22:30 da Qo‘qon shahar prokuraturasiga shahar IIO FMB navbatchilik qismidan 2014-yilda tug‘ilgan D.Sh. shu kuni soat 21:00 da Qo‘qondagi birlashgan temiryo‘l shifoxonasi binosining 4-qavatidan tushib ketib, tan jarohati olganligi haqida xabar berilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida D.Sh. hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohati olganligi qayd etilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida D.Sh.ning hayoti saqlab qolingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining otasi I.Sh. farzandi derazadan ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganini bildirgan. Biroq psixolog ishtirokida tushuntirish bergan D.Sh. uni derazadan otasi itarib yuborganini aytgan.

Mazkur holat bo‘yicha dastlab Jinoyat kodeksining 111-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.

I.Sh.ning ruhiy holatini aniqlash maqsadida unga nisbatan kompleks psixologik-psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza jarayonida I.Sh. turmush o‘rtog‘i uni va farzandini tashlab, Rossiyaga ketgani uchun tushkunlikka tushib, farzandini derazadan o‘zi tashlab yuborganini bildirgan.

Ish yuzasidan to‘plangan materiallar Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, fuqaro I.Sh.ning harakatlarida ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish alomati borligi aniqlangan.

7-aprel kuni mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi 2-qismi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish) "v” bandiga qayta malakalanib, Qo‘qon shahar prokuraturasining ish yurituviga olingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:610 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь