• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 6 » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 216 kishiga yetdi, yana ikki kishi vafot etgan
13:21
Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 216 kishiga yetdi, yana ikki kishi vafot etgan

6-aprel holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda yana 69 kishida koronavirus aniqlangan, ikki kishi vafot etgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sabirjan Abdukarimovga tayanib, Akipress xabar berdi.

Shunday qilib, butun mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 216 kishiga yetgan (ularning to‘qqiz nafari tibbiyot xodimlari), vafot etganlarning jami soni 4 kishini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, yana 5 kishining ahvoli og‘ir bo‘lib, ularning ikki nafari sun’iy nafas oldirish apparatiga ulab qo‘yilgan.

Yangi 69 holat quyidagi hududlarda qayd etilgan:

O‘sh viloyati — 47 (Noqat tumani — 42, Qorasuv tumani — 3, O‘sh shahri — 2 nafar);

Jalolobod viloyati (Suzoq tumani) — 13 nafar;

Bishkek shahri — 5 nafar;

Norin, Issiqko‘l, Batken va Chuy viloyatlarida — 1 nafardan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining ta’kidlashicha, 6-aprel kuni koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan 23 nafar bemorga javob beriladi. Avvalroq 10 kishiga shifoxonadan ruxsat berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning yirik shaharlari aholisiga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangani, mamlakatdan un va makaronlarning olib chiqib ketilishiga, Bishkekda shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:491 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь