• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 7 » Qashqadaryoda haydovchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX katta inspektori ishdan olindi
19:39
Qashqadaryoda haydovchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX katta inspektori ishdan olindi

3-fevral, Dushanba kuni "Qashqadaryoda bodikamera taqmagan YPX inspektori haydovchidan hujjat talab qildi. Haydovchi esa bunga e’tiroz bildirdi” sarlavhali  xabar berilgan edi.
Nasafnews’ning Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, mazkur xabarda berilgan videodagi voqea 2020-yil 31-yanvar kuni Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, YPX katta inspektori katta serjant B.Fayzullayev shu kuni soat 07:30 larda o‘z xizmat mashinasini Qarshi shahri tomonga haydab ketayotgan vaqtida Damas mashinasi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘idan harakatlanib kelganligi uchun uni o‘zining avtomashinasi bilan to‘xtatgan.

Inspektor bosh kiyimsiz va bodikamerasidan foydalanmagan holda Damas eshigini ochib, haydovchiga o‘zini tanishtirmasdan, tegishli hujjatlarini taqdim qilishni so‘ragan. Haydovchi bodikamera yo‘qligiga e’tiroz bildirganidan so‘ng bosh kiyimini kiyib, bodikamerasini taqib kelgan va Damas eshigini ochib haydovchiga hujjatlarini taqdim etishni talab qilib, avtomashina kalitini olib qo‘ygan va u bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan. Haydovchi esa YPX inspektoriga hech qanday qoida buzmaganligini, svetoforning yashil chirog‘idan harakatlanib kelganligini aytgan.

"Meni qisib to‘xtatdingiz, Sizni bunga haqingiz yo‘q, avtomashina kalitini ham olib qo‘ydingiz, buning uchun ham javob berasiz, bunday qilishga haqingiz yo‘q, bu ishlaringiz uchun javob berasiz, men tegishli joyga arz qilaman” deb, avtomashina hujjatlarini YPX inspektoriga taqdim qilganida u hujjatlarni olib, "Yo‘lning narigi tomoniga o‘tasiz”, deb o‘zining avtomashinasiga minib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib to‘xtagan.

YPX inspektori haydovchi D.Yo‘ldoshev yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va haydovchini ma’muriy bayonnoma bilan tanishtirib haydovchilik guvohnomasini ma’muriy bayonnomaga ilova qilib, qolgan hujjatlarini to‘liq qaytarib bergan.

Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, o‘tkazilgan tekshiruv davomida katta serjant B.Fayzullayev xizmat faoliyatini olib borishi davomida IIVning me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya etmasdan, fuqarolar bilan bepisandlarcha qo‘pol munosabatda bo‘lib, o‘zining intizomsizlini namoyon qilib, fuqarolar ongida IIO xodimlari to‘g‘risida salbiy fikrlarning uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:565 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829