• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Prokuratura va IIV tuzilmasiga yangi lavozimlar kiritildi. “Davyergeodezkadastr”ga qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish bo‘yicha buyur
22:05
Prokuratura va IIV tuzilmasiga yangi lavozimlar kiritildi. “Davyergeodezkadastr”ga qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish bo‘yicha buyur

"Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qilgan.

Qaror bilan, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari belgilandi.

Bosh vazir o‘rinbosari, jumladan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirishni ta’minlaydi.

Qarorda Bosh prokuratura tuzilmasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul etib belgilangan yangi:

bosh prokuror o‘rinbosari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining o‘rinbosarlari;

transport prokurorining katta yordamchisi lavozimlari kiritildi.

Shuningdek, ekin maydonlarining o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish kabi bir qator vazifalarga mas’ul bo‘lgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimi ham joriy etildi.

Bosh prokuraturaning Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlandi.

Qaror bilan, Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti etib qayta tashkil etildi.

Hujjatga ko‘ra, tuman va shahar hokimlari o‘z hududidagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida haqiqiy ahvolni o‘rganish uchun "Davyergeodezkadastr” yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanish bo‘yicha buyurtma berish vakolatiga ega bo‘ldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:572 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031