• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » “Peshonamizga koronavirusdan o‘lish yozilgan bo‘lsa, taqdirdan qochib qutula olmaymiz”. O‘zbek shou-biznesi vakillari odamlarni vahima qilma
18:14
“Peshonamizga koronavirusdan o‘lish yozilgan bo‘lsa, taqdirdan qochib qutula olmaymiz”. O‘zbek shou-biznesi vakillari odamlarni vahima qilma

O‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga koronavirus haqidagi fikrlarini yozib qoldirib, odamlarni karantin qoidalariga rioya qilishga, vahima qilmaslikka va sabrli bo‘lishga  chorlamoqda.

Xususan, aktrisa Shahzoda Matchonova xorijdan qaytganidan so‘ng koronavirus aniqlangan o‘zbekistonliklarga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘layotgan, ijtimoiy tarmoqlarda ular haqida xunuk gaplarni yozib qoldirganlarga murojaat qildi.

Aktyor Yigitali Mamajonov o‘z folloverlarini xotirjamlikni saqlab qolishga chaqirmoqda. "Agar peshonamizga shu kasallikka chalinib, vafot etish yozilgan bo‘lsa, demak bu taqdir, bu Allohning irodasi, muhimi xotirjamlikni saqlab qolaylik”— deydi aktyor.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova esa karantin davridan unumli foydalangan holda uydagi anchadan beri rejalashtirib qo‘yilgan ishlarni bitirib olayotganini aytdi. "Dunyo ishlaridan dam olaylik, dunyo ishlari bizdan dam olsin, balki Olloh ham shuni xohlagandir. 10—15 kun uyda o‘tirib tursak, hammasi o‘z izmiga tushadi”, — deydi xonanda.

Yulduz Usmonovaning fikrlarini yana bir xalq artisti Zulayho Boyxonova davom ettiradi. "Hech qanday vahimaga tushmanglar, mana yaqinda Navro‘z bayrami, televizorni qo‘yinglar, sizlar uchun yaxshi konsertlar tayyorlab qo‘ydik”, — deydi xonanda Instagram folloverlariga murojaatida.

Xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev fuqarolarni karantin jarayoniga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqiradi. "Zarurat bo‘lmasa, odam gavjum joylarga bormang, bayramni ham imkon qadar uyda, oila davrasida o‘tkazishga harakat qiling”, — deydi u.

Mavluda Asalxo‘jayeva ham folloverlarini zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi. Xonandaning aytishicha, o‘zi ham uyda o‘tiribdi, vaqtni unumli o‘tkazish uchun kitoblar o‘qiyapti. "Tohir Malikning ‘Odamiylik mulki’ kitobini o‘qidim”, — deydi u.

Xonanda Lola esa folloverlariga murojaat qilib, "Vahima qilib do‘konlardagi hamma makaronni sotib olish bizga emas, to‘g‘rimi, chunki biz kap-katta odamlarmiz, axir? Bu vaziyatda birdamlikda harakat qilib, muammoni bartaraf etishimiz mumkin”, deydi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 23 ta holat aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031