• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston 2020 yilni MOda eng yuqori iqtisodiy ko‘rsatkich bilan yakunlaydi – Ekspertlar
16:28
Pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston 2020 yilni MOda eng yuqori iqtisodiy ko‘rsatkich bilan yakunlaydi – Ekspertlar

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 1,5 foizga, 2021 yilda esa 6,6 foizga o‘sib, yevropa va markaziy osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga erishadi. Bu haqda xalqaro ekspertlarning hisobotlarida qayd etilgan. 

Gap shundaki, joriy yil boshida jahonning 160 dan ortiq mamlakatda ijobiy iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish kutilayotgan edi. Lekin 
koronavirus pandemiyasining keng tarqalishi ortidan dunyo miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz yuzaga keldi. Oqibatda oradan olti oy o‘tmay, ushbu iqtisodiy prognozlar keskin o‘zgardi.

Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxascislarining qayd etishicha, 2020 yil — eng keskin global iqtisodiy pasayish yillaridan biri sifatida dunyo tarixidan o‘rin oladi. Bugungi kunda 170 dan ortiq davlatda aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sish sur’ati manfiy bo‘lishi kutilmoqda. 
Bunday olamshumul iqtisodiy pasayish o‘tgan asrning 30-yillaridagi "buyuk inqiroz” davridan buyon kuzatilmagan edi.

COVID-19 pandemiyasi boshqa mintaqalar qatori, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga ham sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatgani kuzatilmoqda. Jahon bozorlarida хом­ашё resurslari va neft-gaz mahsulotlariga bo‘lgan talabning kamayishi va narxlarning arzonlashishi, tashqi savdo hajmining  qisqarishi,  global ta’minot zanjiridagi uzilish kabi omillar bilan bir qatorda, virus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan qat’iy karantin choralari natijasida ichki iste’mol va iqtisodiy faollikning keskin kamayishi mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining pasayishiga olib kelmoqda. Shuningdek, moliya bozorlaridan katta miqdordagi kapital qo‘yilmalarning chiqib ketishi, milliy ­valyutalarning ­keskin qadrsizlanishi, kredit foiz stavkalarini ortishi kabi muammolar ham iqtisodiy inqiroz ta’sirini yanada chuqurlashtirishga sabab bo‘lyapti.

Jahon banki mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan prognozlarga ko‘ra, joriy yilda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyoti o‘rtacha 4,7 foizga qisqarishi kutilmoqda. Ushbu bashoratning mintaqa davlatlari kesimidagi tahlili esa inqiroz turli mamlakatlarga turli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatmoqda.

Eksportining asosiy ulushini neft-gaz va energetika mahsulotlari tashkil etuvchi ayrim davlatlarning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy yilda 2,6 foizdan 6 foizgacha qisqarishi taxmin qilinmoqda. Neftga bo‘lgan talabning kamayishi va uning narxining keskin pasayishi bunday mamlakatlar iqtisodiyotining tiklanishi jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilmoqda.

Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi ortidan joriy qilingan qat’iy karantin talablari sababli butun dunyoda turizm, aviatsiya, ishlab chiqarish, savdo va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatish sohalari murakkab ahvolga tushib qolgani sir emas. Buning oqibatida iqtisodiyotida ushbu sohalarning hissasi nisbatan yuqori bo‘lgan Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida ham jiddiy iqtisodiy pasayish ko‘zga tashlanmoqda. 
Mutaxassislar fikricha, ular iqtisodiyotining tiklanish jarayoni ko‘p jihatdan mavjud epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi, ichki iste’mol hajmlari va xususiy sektor sarmoyalarining o‘sish sur’atiga bog‘liq.

Shu o‘rinda koronavirus pandemiyasi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga ham sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etish lozim. Mintaqaning tashqi savdo sohasidagi asosiy hamkorlari bo‘lgan Xitoy va Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish ortidan 2020 yilda ba’zi qo‘shni davlatlarda YAIM hajmi 3,8-4 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. 

O‘zbekiston iqtisodiyoti, garchi yil boshidagi bashoratlarga nisbatan iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayishiga qaramay, yillik hisobda 1,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirus pandemiyasi inqirozi davrida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Mutaxassislar fikricha, mamlakat eksportining diversifikatsiyalashuvi, talab yuqori bo‘lgan sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarining eksportdagi salmoqli ulushi, tashqi qarz miqdorining yalpi ichki mahsulotga nisbatan barqarorligi hamda yetarli oltin-valyuta zaxiralarining mavjudligi kabi ijobiy omillar ishonchli makroiqtisodiy himoya vositalari sifatida hozirgi global inqirozning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasining aholi hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish, bunday murakkab sharoitda tadbirkorlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan Hukumat tomonidan ijtimoiy nafaqa, imtiyoz va prefensiyalar jamlanmasi sifatida 30 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.  
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq hamda kredit ta’tillari, soliq imtiyozlari berildi, davlat mulki uchun ijara to‘lovlarining muayyan muddatga bekor qilindi, yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy joriy etildi hamda iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:438 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031