• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » May » 31 » Odamlarning begonasi bo‘lmaydi
20:29
Odamlarning begonasi bo‘lmaydi

Maktab paytlarida Alber Kamyuning "Begona” asarini o‘qiganim hali hamon esimda. "Bugun onam o‘ldi. Yo kechamikan, bilmayman”… deb boshlanuvchi asarda, bosh qahramon Merso hech narsaga qiziqmaydi va hech kimga mehr qo‘ymaydi. O‘shanda asar qahramonining befarqligiga hayron qolgandim. Hayotda shunday odamlar rostdan ham bormikan deb o‘ylagandim. Yoshim ulg‘aygan sari shunday odamlarga tez-tez duch kelyapman. Bu insonlarning insoniylikdan yiroqlashishi emasmikan?

Insonda begonalashuv tuyg‘usining paydo bo‘lishi, o‘zligidan uzoqlashishi bilan bevosita bog‘liq. Bunday insonlarga ota-ona, farzand, yaqinlar haqida qayg‘urish, yonida bo‘lish og‘irlik qilib qoladi. Ular kun sayin tubanlashib boradi va o‘z navbatida jamiyatga hech bir naf keltirmaydi. 

Internet tizimining keng yoyilishi, chetdan kirib kelayotgan turli salbiy odatlar begonalashuvning ommalashishiga sabab bo‘lmoqda. Ayrim yoshlarda esa begonalashuvning yuzaga kelishi ijtimoiy muhit, oilaviy hayot, atrofdagilarning kuchli ta'siri ostida yuzaga keladi. Farzandlarimizni zarur madaniy-ma'rifiy, foydali ishga jalb etish yo‘lidagi kamchiliklar bu kabi illatning ildiz otishiga sabab bo‘ladi.

Begonalashuv – bu insonning o‘z mohiyatidan uzoqlashishdir. Bu muammoni nemis mutafakkiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Zamonaviy jamiyatni E. Fromm inson mohiyatini "mashinalashtirish”, "kompyuterlashtirish” va "robotlashtirish” jarayonlari tufayli begonalashuvning bir mahsuli, deb ta'riflaydi. Buning isboti sifatida G‘arbda kuzatilayotgan jamiyatning "atomlashuvi” jarayonini keltirish mumkin. Bu degani, jamiyatda ikki kishini bog‘laydigan hech narsa yo‘q. Odamlar orasida avtonom turmush tarzi keng yoyilib ketmoqda. Nima qilmoq kerak? Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarni bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosiga qurish kerakki, shunda har bir inson o‘zini boshqalar uchun kerak ekanligini chin yurakdan his qilsin.

Faylasuf Lyudvig Feyerbax begonalashuv kishida qo‘rquv, qaramlik kabi ruhiy holatlarni keltirib chiqaradi, deb hisoblagan. Bu kabi salbiy vaziyatlar avlodlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Odamlarning bir-birini tushunmasligi, qalban va fikran uzoqligi, munosabatlaridagi me'yorning buzilishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topolmasligi begonalashuvning tub ildizini tashkil etadi.

Oramizda ana shunday yashayotganlar, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo‘lib yashayotganlar, ertaga o‘z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek munosabatta bo‘lishi shubhasiz.

Nemis faylasufi Fridrix Nitsshe "Insondagi ruhiyat tobora so‘nib bormoqda. Ruh sustlashganda esa inson tubanlashib ketadi”, degan. Mana shu begonalashuvni faqat iroda kuchigina yengishi mumkin ekanini ta'kidlagan.
Sotsiologlar va psixologlar bu jarayon ancha xavfli ekanini ta'kidlamoqda. Shunday ekan, bu borada ta'lim-tarbiyaga e'tibor qaratish asosiy va muhim vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi...

Zarnigor ABDUMALIKOVA
Категория: Har-Hil | Просмотров:1246 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031