• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 3 » Ob-havo: ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkinmi?
16:19
Ob-havo: ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkinmi?
Bugun, 3 may kuni tongda Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Ridder shahri hududida qor yog‘ishi kuzatildi. Bu haqda "Kazinform” xabar qilmoqda.
 
Xabarda aytilishicha, viloyatda  oxirgi ikki kun kuchli yomg‘ir yog‘gan, so‘ngra sovuq havo kirib kelgan. Tongda esa qor yog‘ishni boshlagani oqibatida havo harorati – 2 darajagacha tushib ketgan.
 
"Kazgidromet”ning ma'lumotiga ko‘ra, Sharqiy Qozog‘iston hududida xuddi shunday ob-havo bir-ikki kun davomida saqlanib qoladi.
 
O‘zbekiston meteorologiya markazi ham ertangi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi va kunduzi +24...+29, kechasi +10...+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +28... +33, kechasi +14... 19 daraja bo‘ladi.
 
Samarqand, Jizzah va Sirdaryo viloyatlarida esa havo harorati o‘zgarib turadi, kunduzi +25... +30, kechasi +13... +18 daraja iliq bo‘lishi kutiladi.
 
Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +26... +31, kechasi +13... +18 daraja bo‘lishi aytilmoqda.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havoda o‘zgarish bo‘lishi ta'kidlanmoqda. Shuningdek, harorat kunduzi +27... +32, kechasi +13... +18 daraja bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
 
Toshkentda ham havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi +27... +29, kechasi +13... +15 daraja bo‘lishi bildirilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, respublikaning tog‘li hududlari, jumladan Chimyon va Qamchiq hududlarida ob-havo jiddiy o‘zgarishi aytilmoqda. Ushbu hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Kunduzi +18... +23, kechasi +15... +20 daraja harorat kutiladi.
 
Qozog‘iston mintaqasiga kirib kelgan sovuq havo O‘zbekiston hududlarida qor yog‘ishi yoki havo hararatining jiddiy sovushiga sabab bo‘lmasligi bildirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1306 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь