• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » O‘zbekistonning “sariq” hududlarida soat 22:00 dan keyin maxsus ruxsatnomasiz yurgan avtomobillarga qarshi nazorat kuchaytiriladi
12:43
O‘zbekistonning “sariq” hududlarida soat 22:00 dan keyin maxsus ruxsatnomasiz yurgan avtomobillarga qarshi nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bir qator sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 30-iyun kuni qilingan navbatdagi axborotida ma’lum qilingan.

Jumladan,

jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qo‘lqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanish;

yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yo‘lovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;

supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;

"sariq” hududlarda (soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar) va "qizil” hududlarda (07:00 dan – 10:00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat berilgan vaqtdan boshqa vaqtlarda harakatlanmaslik;

to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish.
Bunda, ushbu sanitariya va karantin cheklovlariga rioya etmaslik, shu jumladan,

avtobus salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablarini buzish,

avtotransport vositalaridan ruxsat berilgan vaqtdan tashqarida foydalanish,

jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlamaslik,
uch kishidan ortiq yig‘ilish,

tibbiy niqobdan foydalanmaslik,

oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzish —
tegishli mas’ullar hamda fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilmagan tadbirkorlik faoliyati (xostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari) bilan shug‘ullanmaslik Milliy gvardiya, Ichki ishlar, soliq organlari va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam ravishda profilaktika tadbirlarini o‘tkazgan holda nazoratga olish va mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish belgilandi.

Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib-chiqish postlarida sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish, shu jumladan, avtotransport vositalarini dezinfeksiyadan o‘tkazish talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:373 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь