• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 7 » O‘zbekistonning AQSh “qora ro‘yxati”dan chiqish shartlari ma’lum qilindi
15:23
O‘zbekistonning AQSh “qora ro‘yxati”dan chiqish shartlari ma’lum qilindi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum Kongress tomonidan qabul qilingan "Savdo to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan "Jekson-Venik” tuzatishi ma’nan eskirganini aytdi. Elchining aytishicha, ro‘yxatdan O‘zbekistonni ayni paytda chiqarib tashlash oson ish emas, 
1974-yili qabul qilingan qonunga tuzatish mualliflari, kongressmenlar Genri Jekson va Charlz Venik fuqarolarning emigratsiyasiga to‘sqinlik qilayotgan, inson huquqlarini poymol etuvchi davlatlarga nisbatan iqtisodiy bosimni taklif qilishgan. Ularning fikricha, AQSh shunday davlatlar bilan munosabatlarda savdo imtiyozlari, davlat va uning kafilligidagi kreditlarni ajratishni taqiqlashi lozim.

Ayni paytda bu qonunning ta’sirchan choralari ro‘yxatiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Belarus kiritilgan.

Elchining ta’kidlashicha, ushbu qonun o‘tmish qoldig‘i, u hali Sovet davlati mavjud bo‘lganda qabul qilingandi.

"Qonundan maqsad — erkin emigratsiya. Qonundan kutilgan natija ham shu: fuqarolarning erkin harakatlanishi, davlatdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlatlarga bosim qilish. O‘ylashimcha, bugungi kunda O‘zbekistonda emigratsiya erkinligi mavjud va dunyoning boshqa davlatlarida ham fuqarolar istasa, mamlakatdan erkin chiqib keta oladi. Shunday ekan, qonunning amal qilishi to‘xtasa ham bo‘ladi”, — dedi Rozenblyum.

Chet elga chiqishni rejalashtirgan barcha 18−35 yoshda bo‘lgan xotin-qizlarning majburiy suhbatdan o‘tishi 2018-yil iyunda bekor qilingandi. Avval, barcha chetga chiqishni istagan O‘zbekiston fuqarolariga tatbiq etilgan "OVIR” stikerini olish bekor qilindi. Uning o‘rniga xorijga chiqish pasporti amal qilmoqda.

Ammo, amerikalik diplomat AQSh Kongressi biror davlatni "Jekson-Venik” ro‘yxatidan chiqarishi uchun ayrim omillarni inobatga olib, ish tutishini bildirdi.

"Negaki, qonundagi ta’sirchan choralar AQSh va muayyan davlat o‘rtasidagi savdo imtiyozlari bilan ifodalangan. O‘sha davlat Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lgan taqdirdagina Kongress ushbu masalani ko‘rib chiqishi mumkin. Qo‘shimcha qilib aytmoqchimanki, ta’kidlarim qonunda belgilanmagan. Qonun muayyan davlatning JST a’zoligini talab qilmaydi. Ammo amaliyotda Kongress shunday ish tutadi”, — deya fikr bildirdi u.

O‘zbekiston hukumati Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish harakatini 2019-yilda qayta boshlagandi. Oradan 15 yil o‘tib, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yana boshlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:534 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829