• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 mlrd so‘mga chuv tushirgani aniqlandi
13:47
O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 mlrd so‘mga chuv tushirgani aniqlandi

Surxondaryoda yana bir bandlik agentligining firibgarligi fosh etildi. Bu haqda "Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "I.J.O.” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari Sh.A. va boshqalar 2019-yil davomida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilgani aniqlangan.

Ular Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish uchun 61 nafar fuqaroning har biridan 45 million so‘mdan jami 2,6 milliard so‘mni jamiyatning bank hisob raqamiga o‘tkazdirgan. Ammo ishga yubormasdan fuqarolarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019-yilning iyul oyida Koreyaga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning 16 500 dollar hamda 125 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan "I.J.O.” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2019-yil oktabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi litsenziya to‘xtatilgani hamda shu yili noyabrda O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan, ushbu jinoiy ishi bo‘yicha tergov tafsilotlari ma’lum qilingandi.

Yanvar oyida esa "O.” xususiy bandlik agentligi Koreyada ishlash orzusidagi fuqarolarni 35 ming dollarga chuv tushirgani aniqlangan, Mehnat vazirligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirishga xususiy bandlik agentliklarining vakolati yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarning esa pullari qaytarilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:480 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829