• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » O‘zbekistonda yana 58 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Ular orasida homilador va yaqinda farzandli bo‘lgan ayol ham bor
18:34
O‘zbekistonda yana 58 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Ular orasida homilador va yaqinda farzandli bo‘lgan ayol ham bor

O‘zbekistonda 26-aprel, yakshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlarning 58 nafari tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi. Mamlakatda tuzalganlarning umumiy soni 765 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalganlarning 50 nafari Buxorodan bo‘lib, ularning 23 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan, 27 nafari esa viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan sog‘ayib chiqqan.

Qayd etilishicha, ularning 43 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilgan.

Bemorlarning 9 nafari Samarqand viloyatidan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 nafardan, 5 nafari Andijon viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 4 nafardan, 3 nafar Toshkent shahridan bo‘lsa, Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshli qizaloq.

Toshkentda esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 1 nafar bemor butkul sog‘aygan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent shahridan bo‘lsa, qolgan 3 nafari esa Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan. Ularning 2 nafari Moskva—Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali kelgan. Qolgan 3 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘aygan 42 yoshli bemor (erkak) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Shuningdek, poytaxtdagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida ilk bor koronavirusga chalingan 2 nafar bemor: yaqinda farzandli bo‘lgan ona hamda homilador ayol ham sog‘ayib chiqqan.

Birinchi bemor ayol 38 yoshda bo‘lib, Namangan shahridan. 2020-yil 31-mart kuni Toshkent shahar perinatal markazida farzandli bo‘lgan. Onada koronavirus infeksiyasi aniqlangach, 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelingan. Uning farzandida esa koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Homilador ayol esa 28 yoshda bo‘lib, Samarqand shahridan. U 26-mart kuni Turkiyadan Toshkentga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelingan. Ayni paytda 32 haftalik homilasi rivojlanmoqda.

Shunday qilib, 26-aprel soat 17:50 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni 765 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 26-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 4 kishiga ko‘payib, 1869 nafarga yetdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:585 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь