• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 23 » O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, hech qanday parvoz amalga oshirilmayotganiga izoh berildi
20:23
O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, hech qanday parvoz amalga oshirilmayotganiga izoh berildi

O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov 23-iyun, seshanba kuni o‘tkazilgan brifingda xalqaro aviaqatnovlar tiklanishi yuzasidan muhim ma’lumolarni taqdim etdi.

Xususan, O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, lekin hech qanday parvoz amalga oshirilmayotganiga izoh berildi hamda chet elda tahsil oladigan talabalar bu holatda nima qilishi kerakligiga aniqlik kiritildi.

Navro‘z Ashurmatovning ta’kidlashicha, 15-iyundan Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, muntazam parvozlarni tiklash va amalga oshirish davlatlarda kuzatilayotgan epidemik holat hamda xorijiy mamlakatlarda qo‘yilgan cheklov choralari, viza berish tartibi sanitariya talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy va Qozog‘iston davlatlari bilan iyul-avgust oylari davomida dastlabki bosqichda xalqaro yo‘nalishlarda paritet tamoyili asosida har bir tomondan muntazam parvozlarni tiklash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etilgan.

Shundan kelib chiqib, talabalar faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat etilgan yo‘nalishlardan foydalangan holda tahsil olish uchun chet elga ketishi mumkin.

Shuningdek, vazirlik vakili "Karantin davridagi xalqaro parvozlar chog‘ida yo‘lovchilar joylashuvi bo‘yicha nizom ishlab chiqilganmi? 3 qatorlik cheklov parvozlarni qoplaydimi?”, degan savolga ham javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, xalqaro aviaqatnovlar faoliyatini qayta tiklashda belgilangan karantin cheklovlariga qat’iy rioya etiladi. 

Cheklovlar parvozlarga ma’lum miqdorda moliyaviy zarar keltirishi tabiiy. Chiptalar sotilmasdan qolib ketishining oldini olish maqsadida birinchi navbatda yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan yo‘nalishlarda paritet asosida qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtab qolgan xalqaro aviqatnovlarini 15-iyundan boshlab "qizil”, "sariq” va "yashil” reyslar prinsipi asosida qayta tikladi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi iyun-iyul oylarida O‘zbekistonga bir nechta reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Turkiyaning Turkish Airlines xalqaro aviakompaniyasi Istanbul—Toshkent aviareyslari 1-iyuldan qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Tojikiston 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar 15-iyuldan tiklanishi kutilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:498 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь