• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » O‘zbekistonda sement “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilinishi mumkin
13:05
O‘zbekistonda sement “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilinishi mumkin

O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga "yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Bu boradagi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasida ta’kidlanishicha, bu orqali tadbirkorlarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan uzluksiz ta’minlash ko‘zda tutilgan.

"Yashil yo‘lak” tizimi orqali kirib keladigan sementning bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi tartiblarning birini qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin:

sement to‘pi bojxona chegarasiga kelguniga qadar import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ixtiyoriylik asosida uning namunalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi, bunda mahsulotning erkin muomalaga chiqarilishi tegishli muvofiqlik sertifikati olingandan so‘ng amalga oshiriladi;

oxirgi o‘n ikki oy davomida berilgan muvofiqlik sertifikati asosida (amal qilish muddatidan qat’i nazar) sement bojxona chegarasiga olib kelingandan so‘ng "Yagona darcha” bojxona axborot tizimida mahsulotni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun berilgan arizaning sertifikatlashtirish organi tomonidan qabul qilinishi va sinovlar o‘tkazish uchun shartnoma tuzilishi mahsulotning erkin muomalaga chiqarilishiga asos bo‘ladi, bunda laboratoriya sinovlarining natijalariga ko‘ra sinov bayonnomasi beriladi;

sertifikatlashtirish organi bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida sementni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish organi tomonidan davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o
‘tkaziladi.

Shu bilan birga, laboratoriya sinovi natijalariga ko‘ra, sement belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu to‘g‘risida bir kun muddatda sertifikatlashtirish organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt va tegishli davlat organlari xabardor qilinadi.

Bunda, belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sement realizatsiya qilingan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum xaridorlarga qaytariladi yoxud xaridorlarni aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda respublika budjetiga olib qo‘yilishi rejalashtirilgan. Ushbu ikki holat bo‘yicha "O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti ko‘rsatma beradi.

"Belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sementni olib kirgan xo‘jalik yurituvchi subyekt olti oy muddat davomida ushbu mahsulotni olib kirishda ‘yashil yo‘lak’ tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, "O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti bergan ko‘rsatmani bajarmaganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan sementni realizatsiya qilish natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar, sementni import asosida olib kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan sud tartibida undirilishi ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, talablarga javob bermaydigan sementni import qilgani uchun tadbirkorlar quyidagi miqdordagi jarimalarga tortilishi rejalashtirilmoqda:

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni olib kirganlik uchun xo‘jalik subyektlarga bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan mahsulot qiymatining 25 foizi, ushbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni realizatsiya qilganlik uchun sotilgan sement to‘pining qiymatidan 25 foizi, ushbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;

sertifikatlashtirish organi sementning muvofiqligini baholash qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda, mazkur holat yuzasidan ko‘rsatilgan xizmat qiymatining 5 barobari va ushbu holat takroran aniqlanganida 10 barobari miqdorida ushbu sertifikatlashtirish organiga jarima qo‘llaniladi, shuningdek, olti oy mobaynida sementning muvofiqligini baholashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu jarima mablag‘lari Moliya vazirligi g‘aznachiligida ochilgan budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

" ‘O‘zstandart’ agentligi huzuridagi departamentga mahsulotlarni nazorat tartibida xarid qilish va ularni laboratoriya sinovlari xarajatlarini jarima mablag‘lari hisobidan qoplashga ruxsat etilsin”, — deyiladi xabarda.

Qaror loyihasining muhokamalari 20-iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 23-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi, may oyining oxirlarida esa sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:441 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031