• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 29 » O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi
23:03
O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi

O‘zbekiston tibbiyot xodimlarining bugungi kunda koronavirusga qarshi olib borayotgan mashaqqatli va o‘ta mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident 29-aprel, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

"Umuman, karantin qoidalarini o‘z vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli ko‘plab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bugungi kunda mamlakat bo‘yicha koronavirusga chalingan 1066 nafar yoki 55 foiz bemor to‘liq sog‘ayganini alohida qayd etib o‘tdi. Oxirgi 5 kunda 505 nafar bemor tuzalgan.

Qayd etilishicha, qolgan bemorlarni ham davolash yuzasidan mamlakatda amaliy yordam berayotgan 18 nafar xitoylik, germaniyalik, koreyalik shifokorlar hamda telemeditsina orqali boshqa yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilgan holda barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari kasallikka qarshi kurashga jalb qilingan xodimlar va karantin qoidalariga rioya qilayotgan aholiga ham minnatdorchilik bildirdi.

Qadrli yurtdoshlar!

Shu o‘rinda ko‘nglimdagi bir fikrni jamoatchiligimiz, xalqimizga ochiq aytmoqchiman.

Mana, bir yarim oydan oshdiki, el-yurtimiz ‘Uyda qoling’ degan da’vatga amal qilib, yuksak jasorat ko‘rsatib, yalpi karantin sharoitida yashamoqda. Oilam, bola-chaqam, deb tinib-tinchimaydigan, ertayu kech g‘ayrat bilan mehnat qiladigan xalqimiz uchun bunday majburiy holat, albatta, oson kechayotgani yo‘q.

Yurtdoshlarimiz og‘ir sinov kunlarida chinakam sabr-toqat va mas’uliyat, mehr-oqibat fazilatlarini namoyon etyapti.

Buni jahon hamjamiyati ham tan olib, har tomonlama e’tirof etmoqda.

Fursatdan foydalanib, pandemiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida chinakam qahramonlik ko‘rsatayotgan barcha shifokorlarimizga, shu jumladan, tez yordam xizmati xodimlari va haydovchilariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Shu jarayonda o‘zini ayamasdan xizmat qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga, mard va jasur harbiylarimizga, vazirlik va idoralar, hokimliklarning rahbarlari va xizmatchilariga, muhtaram nuroniylarimiz va mahalla faollariga, saxovatpesha tadbirkorlarimizga, olimlarimiz, o‘qituvchi va domlalar, ijodkor ziyolilarimiz, imom-xatiblarimizga chin dildan rahmat aytaman.

Hozirgi murakkab sharoitda o‘z professional burchini vijdonan bajarayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga, insonparvarlik namunasini ko‘rsatib, ko‘ngilli bo‘lib volontyorlik harakatida qatnashayotgan fidoyi yoshlarimizga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan katta minnatdorchilik bildiraman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident mazkur yig‘ilishda O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish bo‘yicha dastlabki choralarni ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda karantin sababli faoliyati to‘xtagan 10 mingga yaqin korxonaning ishini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingani ma’lum bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakat aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga alohida minnatdorchilik bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlarning har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach-xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:552 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь