• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 10 » O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” koronavirus sababli qoldirildi
21:07
O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” koronavirus sababli qoldirildi

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 12—16-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boֲ‘ylab koronavirus tarqalishi sababli keyinga qoldirildi. Bu haqda qo‘mita tomonidan xabar berildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar mamlakat hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotganini ma’lum qildi.

Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi, deyiladi qo‘mita xabarida. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.

Qo‘mita tomonidan ta’kidlanishicha, "Ziyorat turizmi haftaligi” o‘tkaziladigan sana aniq bo‘lishi bilan bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq koronavirus sababli Toshkentda 23—25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring II xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi. Shuningdek, birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilgan edi. O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi.

Virus sababli Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirilgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati noma’lum muddatga qoldirildi. Bundan tashqari, koronavirus sabab dzyudo bo‘yicha barcha xalqaro musobaqalar may oyigacha bekor qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:555 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031