• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » O‘zbekistonda mingdan ortiq korxonalarning davlat ulushi to‘liq sotilishi malum qilindi
19:05
O‘zbekistonda mingdan ortiq korxonalarning davlat ulushi to‘liq sotilishi malum qilindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 13-mart, juma kuni,  "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir doirasida agentlikning department boshlig‘i Ismat Nusurov korxonalarning davlat tasarrufidan chiqarilishi masalasi bo‘yicha jurnalistlarga izoh berdi.

Davlat ulushi to‘liq sotiladigan korxonalar orasida tarmoqlar kesimida neft va gaz, energetika, kimyo sanoati, banklar, moliya tashkilotlari, yog‘-moy tashkilotlari, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, loyihalash institutlari, gazeta va jurnallar, bozor va komplekslar hamda boshqalarni ko‘rish mumkin.

Katta hajmdagi xususiylashtirish dasturi vazirliklardan olingan takliflar asosida emas, balki korxonalarda davlat ishtiroki bo‘yicha tahlil o‘tkazgan mas’ul vazirliklarning xodimlari, eskpertlar hamda mutaxassislardan iborat komissiya xulosasi asosida tuziladi.

Bosqichma-bosqich xususiylashtirish jarayonida alohida yondashuv asosida yuqori daromadli korxonalarning aksiyalari IPO va SPO usulida aholi o‘rtasida sotuvga chiqariladi. Davlat ulushi saqlanib qolinadigan korxonalarga strategik investorlar, xorij menejmenti, korporativ boshqaruv tizimi uslublari joriy etiladi.

Ayrim obyektlarni tadbirkorlar sotib olib, faoliyat boshlashi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri kimoshdi savdolariga qo‘yiladi. Sotish hamda tanlov jarayonlari E-ijro auksion elektron savdo maydonchasi va Toshkent fond birjasida e’lon berish orqali ochiq tarzda o‘tkaziladi.

Bugungi kunda xususiy mulk sifatida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning birortasida davlat ishtiroki saqlab qolinmasligi, ishtirokni saqlab qolishda asoslab berish yoki sotish, prinsipi amal qilishi belgilangan.

Bozorda monopol mavqega ega, xususiy qo‘lga o‘tganidan so‘ng narx-navoni oshirish xavfi bo‘lgan yirik 12 ta tarmoq korxonalari keyingi bosqichda alohida ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tayyorlangan "Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan. Agentlik hujjatni 12-martgacha tanishish va fikr bildirish uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031