• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va respublika bo‘ylab poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatildi
10:06
O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va respublika bo‘ylab poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatildi

Uzbekistan Airways mamlakat ichidagi barcha aviaqatnovlarni bekor qildi. "O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ esa Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qarori kompaniyaning yo‘lovchi tashish faoliyatiga ham tatbiq etilib, rejadagi reyslar bekor qilinganini xabar bergan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mijozlardan ushbu vaziyatni tushunishni so‘ragan, shuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalarni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib o‘tgan.

"Sizga keyingi o‘zgarishlar haqida xabar berib turamiz. Yangiliklarni Uzairways.com veb-sayti, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring”, — deyilgan aviakompaniya ma’lumotida.

"Xarid qilingan chiptalar temiryo‘l kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa https://e-ticket.railway.uz saytidagi "shaxsiy kabinet” orqali qaytariladi”, – deyiladi "O‘zbekiston temiryo‘llari” AK rasmiy axborotida.

Ta’kidlanishicha, temiryo‘l qatnovlari Toshkent shahridan boshlanishi hisobiga boshqa hududlar orasidagi qatnovni ham amalga oshirishning imkoniyati yo‘q.

Yo‘lovchi poyezdlarning harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon beriladi.

Ushbu tartib kompaniyaning temiryo‘l orqali yuk tashish faoliyatiga ta’sir qilmaydi.

Avval IIV viloyatlararo postlar faoliyati vaqtincha qayta tiklanishini ma’lum qilgani, vodiyliklar respublikaning boshqa viloyatlariga Bo‘ka—Guliston yo‘li orqali borishlari mumkinligi, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilishi, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlardan mobil telefonlar olib qo‘yilishi, shuningdek, karantin sharoitida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa ham tarmoqdan uzib qo‘yilmasligi haqida xabarlar berilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031