• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 3 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni karantinga olinganlar hisobiga ortayotgani ma’lum qilindi
19:56
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni karantinga olinganlar hisobiga ortayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni karantinga olinganlar hisobiga ortmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus kasalligiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar, epidemik noxush hududdan olib kelingan fuqarolar, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari ham karantinda bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, karantindan asosiy maqsad ham xavf osti guruhiga mansub aholi orasidan kasallik yuqtirib olganlarni erta aniqlab olish va kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.

Nurmat Otabekovning aytishicha, profilaktik tibbiyotda karantin tadbirlari kasallik o‘chog‘ini aniqlash, jilovlash va bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ham karantinga olinganlar orasidan kasallik chiqish ehtimoli bo‘lgan va bunga tayyorgarlik ko‘rilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 2-aprel, payshanba kuni, bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq kishi karantinga olingan. Ularning 23 mingdan ortig‘i statsionar karantinda, 77 mingdan ortig‘i esa uy sharoitida karantin davrini o‘tamoqda. Mamlakatda 29 mingdan ortiq kishi koronavirusni aniqlash uchun tekshirilgan. Ayni vaqtga kelib 26 mingdan ortiq kishi karantindan chiqarilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 221 kishiga yetdi. Bemorlarning 25 nafari kasallikdan tuzalgan, 2 kishi vafot etgan.

Avvalroq Nurmat Otabekov vaziyat jiddiy ekanligini, tavakkal qilishga hech kimning haqi yo‘qligini aytgan hamda ichki ishlar, Milliy gvardiya va OAV xodimlarini ehtiyotkorlikka chaqirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:619 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь