• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 33
Гостей: 33
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bemorlar haqida to‘liq ma’lumot berildi
15:28
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bemorlar haqida to‘liq ma’lumot berildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 83 nafar fuqarodan 23 nafari xorijda bo‘lgan, 60 nafari esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilishi holatlari 83 tani tashkil etmoqda. Ulardan 35 nafari erkak, 48 nafari esa ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha – 5 nafar, 10-19 yoshgacha – 2 nafar, 20-29 yoshgacha – 24 nafar, 30-39 yoshgacha – 17 nafar, 40-49 yoshgacha – 16 nafar, 50-59 yoshgacha – 11 nafar, 60-69 yoshgacha – 7 nafar hamda 70 – 79 yoshgacha bo‘lganlar ham 1 nafarni (miokard infarktdan vafot etgan bemor) tashkil etmoqda.

Hozirga qadar Fransiya, Turkiya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni hamda Shveysariya davlatlarida bo‘lib qaytgan 23 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, 60 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 6 nafari Farg‘ona, 5 nafari Namangan va 3 nafari esa Andijon viloyatlaridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Shu yilning 22 mart kuni Istanbul–Buxoro charter reysida yurtimizga olib kelinib, karantinga olingan fuqarolar orasidan poytaxtlik, Toshkent va Andijon viloyatidan 3 nafar kishida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Ayni paytda ushbu bemorlar Buxoro viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanishmoqda. Qolgan bemorlar esa poytaxtimizdagi 

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:621 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031