• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » O‘zbekistonda koronavirusga chalingani qayd etilgan birinchi bemor Fransiyadan qaytgach uyida 35 kishilik bayram uyushtirgan
13:55
O‘zbekistonda koronavirusga chalingani qayd etilgan birinchi bemor Fransiyadan qaytgach uyida 35 kishilik bayram uyushtirgan

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov 24-mart kuni AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida Fransiyadan qaytgan birinchi o‘zbekistonlik bemordan kasallikning tarqalish zanjirini ma’lum qildi.

"Fransiyada bo‘lgan birinchi bemor O‘zbekistonga qaytgach, uyida 35 kishi ishtirokida tantanali marosim o‘tkazgan. Bugungi kunda o‘sha 35 kishining 13 nafarida kasallik qayd etilgan. U O‘zbekistonga 250 kishi bilan birga uchib kelgan, yo‘lovchilar bilan ham muloqotda bo‘lgan. Aeroportdan chiqqach, shaxsiy mashinada bo‘lgan oila a’zolariga kasallikni yuqtirgan. Ish joyiga borib, u yerda ishlayotgan 80 nafar xodim va 42 nafar bemor bilan ham muloqotda bo‘lgan.

Bu zanjir davom etadi. Birinchi bemor ishlagan xususiy davolash muassasasidagi xodimlar ham o‘z oilasiga boradi, tanish-bilishlari bilan ko‘rishadi, hayoti davomida har kuni qatnaydigan muassasalariga, masalan, do‘kon, sartaroshxona, bozorga chiqishi mumkin — shu jarayonda juda ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bunda kasallikning tarqalish zanjiri geometrik progressiya tarzida o‘sib ketishi mumkin.

Bizning holatimizda ilk kasallanish holati aniqlangach, zudlik bilan bemorning oilasi, ish joyida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida kasallikka chalinganlarning ehtimoliy kontingenti to‘liq ro‘yxatga olinib, alohida muassasalarga karantinga joylashtirilgan. Ular kuniga ikki mahal infeksionist ko‘rigidan o‘tkazilib, harorati o‘lchanib, ularda koronavirus bor-yo‘qligini tekshirish ishlari o‘tkazilmoqda”, — dedi Bahrom Almatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatovning 27-fevraldagi qarorida bir qator davlatlar, xususan, Fransiyadan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uy sharoitida izolyatsiya (uy karantini)ga olinishi, oila a’zolaridan tashqari kishilar bilan muloqotda bo‘lmasliklari, aholi ommaviy to‘planadigan joylarga borishlariga ruxsat etilmasligi belgilangan edi.

Qarorda Fransiyadan qaytgan fuqarolar 14 kunlik uy karantiniga joylashtirilganida, tibbiy xodimlar bu fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borishi, tana haroratini arterial bosimini o‘lchashi, surishtiruv o‘tkazishi lozimligi belgilangan edi. Fuqaroning uy karantini tartibiga rioya qilishini, tibbiy xodimlari uni ko‘rikdan o‘tkazishini kuzatib borishga mas’ullar belgilanmagan edi.

Ayni vaqtda, qarorda bu tartibni buzganlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning uch baravari (4-mart holatiga ko‘ra — 669 ming so‘m)dan 5 baravari (1 million 115 ming so‘m)gacha jarima), Jinoyat kodeksining 195-moddasi (mansabdorlar tomonidan tabiiy atrof-muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik — kamida 22 million 300 ming so‘m jarima, ko‘pi bilan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi) va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish — kamida 11 million 150 ming so‘m jarima, ko‘pi bilan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) bo‘yicha javobgarlikka tortilishi eslatib o‘tilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49 nafarga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:527 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031