• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 18 » O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilmoqda
20:29
O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilmoqda

Koronavirus pandemiyasining butun dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonning iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Mazkur ta’sirlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida bir qator ishlar rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatida ta’kidlab o‘tdi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki haftada jahon bozorida neftning narxi keskin pasayib ketgani oqibatida, O‘zbekistonning gaz eksportidan keladigan tushumlari qisqarishi mumkin. O‘zbekistonning xorijdagi asosiy savdo hamkorlarining milliy valyutalari qadrsizlanishi respublikaga ham valyuta tushumini kamaytiradi.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, xorijiy turistlar soni va tushum miqdori kamayishi mumkin. Bular, tabiiyki, yalpi ichki mahsulot va eksport hajmiga ta’sir qilmasdan qolmaydi.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Maxsus ishchi guruh turizm, transport, farmasevtika va yengil sanoat kabi sohalarga soliq ta’tillari berish, kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish, kechiktirilgan tashqi qarzdorlik uchun jarima qo‘llamaslik tartibini joriy qilish choralarini ko‘rmoqda.

Shuningdek, hukumat qiyin ahvolga tushishi mumkin bo‘lgan soha va tarmoqlarni, yirik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirishi zarur. Bu jarayonda, avvalo, moliya va xomashyo bozorida beqarorlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Bundan tashqari, moliyaviy barqarorlikni saqlash hamda bozorlarda narx-navo o‘sishining oldini olish zarurligi ta’kidlandi. Iqtisodiyotning bazaviy va hal qiluvchi tarmoqlari uzluksiz ishlashini saqlab qolish kerak. Buning uchun har bir tarmoq, korxona va hudud kesimida manzilli va aniq tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Davlat rahbari markazdan hududiy budjetlarni va aholini qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifa bo‘lishi shartligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, butun xalq koronavirusga qarshi kurash faoliyati oshkoralik tamoyillari asosida olib borilayotganini aniq bilishi kerak.

Shu maqsadda, jahon jamoatchiligi hamda aholi vaziyat bo‘yicha vaqtida xabardor etib borilmoqda. Kerakli choralar yanada kuchaytiriladi.

O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishidan oldin Vazirlar Mahkamasida koronavirusning turizmga ta’siri muhokama qilingan edi. Keyinroq turoperatorlar koronavirus tufayli O‘zbekistonda soliq ta’tili e’lon qilishni taklif qilgan. Mamlakatda koronavirus qayd etilgani sababli ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga kredit olgan tadbirkorlarga koronavirus sabab imtiyoz davri berishni tavsiya qildi.

Shavkat Mirziyoyev avvalroq ham koronavirusning iqtisodiyotga ta’sir qilishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:570 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031