• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » O‘zbekistonda koronavirus sababli faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarga banklar orqali foizsiz budjet ssudalari ajratiladi
22:04
O‘zbekistonda koronavirus sababli faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarga banklar orqali foizsiz budjet ssudalari ajratiladi

O‘zbekistonda koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, budjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘illishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mehmonxona biznesida 90 milliard so‘mlik, transport-logistika sohasida 650 milliard so‘mlik, umumiy ovqatlanish muassasalarida 180 milliard so‘mlik, tashqi savdo korxonalarida 3,6 trillion so‘mlik kreditlarni qaytarish imkoniyati pasaymoqda. Turistik firma va mehmonxonalar har bir sayyoh uchun kuniga 2-3 dollardan turizm yig‘imi to‘lab kelmoqda.

Shu bois ushbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, pandemiya sababli faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarga banklar orqali foizsiz budjet ssudalari ajratiladi. Hokimlarga iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirishni 6 oygacha kechiktirish vakolati beriladi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i, fermerlarning suv solig‘i 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy budjetdagi yo‘qotishlar respublika budjetidan qoplab beriladi.

Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. Bunday qiyin sharoitda tadbirkorni birorta tekshiruvchi bezovta qilmaydi.

Xalqaro savdodagi vaziyatni inobatga olib, eksport-import bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikka jarima qo‘llamaslik, "yashil yo‘lak”lardan mahsulot o‘tkazishni ko‘paytirish, yuk tashishda yuzaga kelayotgan masalalarni operativ hal etib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

"Hozirgi holatda ba’zi korxonalarning soliq tushadigan bazasi kamayishi tabiiy. Lekin bu kamomad nima hisobidan qoplanishi bo‘yicha mutasaddilarda kundalik tahlil va so‘rov bo‘lishi shart”, — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi. Shuningdek, davlat rahbari mazkur pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalardagi kompaniyalarga soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishidan oldin Vazirlar Mahkamasida koronavirusning turizmga ta’siri muhokama qilingan edi. Keyinroq turoperatorlar koronavirus tufayli O‘zbekistonda soliq ta’tili e’lon qilishni taklif qilgan. Mamlakatda koronavirus qayd etilgani sababli ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga kredit olgan tadbirkorlarga koronavirus sabab imtiyoz davri berishni tavsiya qildi.

Shavkat Mirziyoyev avvalroq ham koronavirusning iqtisodiyotga ta’sir qilishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031