• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 5 » O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi
20:46
O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1-mart holatiga ko‘ra, 72 524 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. Mamlakatda qattiq karantin choralari joriy etilishni boshlagach ularning 16 670 tasi (qariyb 23 foizi) vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan, deb xabar beradi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.

Faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan korxonalarning 20,3 foizi tekstil sohasiga tegishli, qurilish materillarini ishlab chiqarish sohasida ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etilgan, oziq-ovqat mahsulotlari — 18,6 foiz, charm, yog‘och va mebel — 10,5 foiz, metallurgiya — 6 foiz, mashinasozlik — 2,6 foiz, elektrotexnika — 1,4 foiz, yoqilg‘i-energetika sohasi — 0,5 foiz va boshqa sohalar 19,8 foizni tashkil etgan.

Mazkur korxonalar faoliyati quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan: 4754 tasi (28,5 foizi) xodimlarga nisbatan karantin talablari sabab, 3722 tasi (22,3 foizi) transport harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar natijasida, 2342 tasi (14 foizi) mahsulotga bo‘lgan talabning tushib ketishi oqibatida, 1400 tasi (8,4 foiz) xomashyo yetkazib berishdagi uzilishlar, 84 tasi (0,5 foiz) O‘zbekistonga kela olmagan xorijlik mutaxassislar va 4368 tasi (26,2 foizi) boshqa sabablarga ko‘ra yopilgan.

Hududlar kesimida faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarning eng ko‘pi Toshkent (4455), Namangan viloyati (2847), Toshkent viloyati (2283) va Andijon viloyati (2048) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu boradagi eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan — 37.

1-iyul holatiga ko‘ra, 16 657 ta korxona, ya’ni ularning qariyb 100 foizi to‘liq qayta ochilishga muvaffaq bo‘lgan va 137,5 ming xodim o‘z ishiga qaytgan.

Aprel oyida ushbu 16 657 ta korxona umumiy qiymati 893 milliard so‘mga teng mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, may oyida ushbu ko‘rsatkich 1,4 trillion so‘mni, iyunda esa 1,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq Toshkentda aprel oyi boshidan iyun o‘rtalariga qadar 66 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do‘koni, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:489 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031