• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxati e’lon qilindi
13:01
O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 63 882 ta holat aniqlandi.  IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Avvalroq respublika bo‘ylab karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq  59 921 ta holat aniqlangani xabar berilgan edi, ushbu qoidabuzarliklar soni 1 kunda qariyb 4 000 ga oshgan. Eng ko‘p — 10 922 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 9 288 tani tashkil etmoqda.

Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Farg‘ona viloyatida – 9 347 ta;

Samarqand viloyatida – 5 961 ta;

Sirdaryo viloyatida – 4 617 ta;

Qashqadaryo viloyatida – 4 382 ta;

Namangan viloyatida – 3 654 ta;

Andijon viloyatida – 3 634 ta;

Buxoro viloyatida – 2 613 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 354 ta;

Jizzax viloyatida – 2 184 ta;

Surxondaryo viloyatida – 2 122 ta;

Xorazm viloyatida – 2 117 ta;

Navoiy viloyatida – 687 ta holatni tashkil etmoqda.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov "Karantin tadbirlariga qanchalik rioya etsak, vaziyatni shunchalik barqaror ushlab qolishimiz mumkin. Aks holda vaziyat murakkablashib, uni jilovlash ancha qiyin kechishini yodingizga solmoqchimiz”, deb aholini yana bir bor karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirgandi.

SSV vaziri Alisher Shodmonov ham "Hammamiz sabr qilishimiz kerak. Qachonki intizom bo‘lsa, barcha tartib-qoidaga bo‘ysunib, ikki hafta uyimizda o‘tirsak, hammasi o‘tib ketadi. Shunda birinchi navbatda oila a’zolarimizni saqlab qolgan bo‘lamiz”, — deb aytgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:605 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь