• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 30 » O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi. “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi
12:09
O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi. “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga, 1-iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

"Qizil” hududlarda:

rieltorlik faoliyati;

reklama va marketing faoliyati.

"Sariq” hududlarda "qizil” hududlarga qo‘shimcha ravishda:

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda nazariy mashg‘ulotlar masofadan turib (onlayn) o‘qitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashg‘ulotlar esa sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);
davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati.
"Yashil” hududlarda "sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda:

sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);

sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;

oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish.

Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.

O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8-maydan e’tiboran, "yashil”, "sariq” va "qizil” toifalarga ajratib chiqilgan edi. 15-maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yanada yumshatilgan. 26-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar sonining ortishini joylarda nazorat susaygani bilan bog‘langandi. Shuningdek, Prezident hali karantin tugamaganiga alohida urg‘u bergan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:513 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь