• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 14 » O‘zbekistonda internet orqali yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jarima joriy etilishi mumkin
14:12
O‘zbekistonda internet orqali yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jarima joriy etilishi mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirligi "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

O‘zbekistonning 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 1892-modda bilan to‘ldiriladi:

"189-2-modda. Yolg‘on ma’lumotlar tarqatish

Ommaviy axborot vositalarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida, shuningdek, internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, mulkka xavf tug‘diruvchi, jamoat tartibini ommaviy buzishga va (yoki) jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarning normal faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi ishonchli xabarlar niqobi ostida ijtimoiy ahamiyatga ega haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni bila turib tarqatish — ma’muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblangan vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa qirq baravardan oltmish baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonuni loyihasida keltirilgan tushuntirish xatiga ko‘ra, bugungi kunda davlat sog‘liqni saqlash tizimida uchrab turgan holatlardan biri bu — COVID-19 virusining ko‘p mamlakatlarda tarqalganligi hamda aholining mazkur vaziyatdan vahima va sarosimaga tushishi oqibatida ko‘plab noxush holatlarning kelib chiqishidir.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida koronavirus tarqalgani, xususan, ikki bemorning shahardagi 16-kasalxonaga yotqizilgani haqidagi audioxabarlar tarqaldi. Keyinroq Sog‘liqni salqash vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi va ushbu ma’lumot haqiqatga zid ekanligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelganligi, Olmaliq shahrida ushbu virus sababli 17 kishi vafot etgani haqida audioxabar tarqaldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabarga ham munosabat bildirdi va uning mutlaqo asossiz va yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Dilshod Saidjonov esa OAV va blogerlarni koronavirus haqidagi tasdiqlanmagan va ishonchli manbaga ega bo‘lmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:582 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031