• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » O‘zbekistonda Hajga borishni rejalashtirgan fuqarolarning navbati nima bo‘ladi? Diniy qo‘mita izoh berdi
09:20
O‘zbekistonda Hajga borishni rejalashtirgan fuqarolarning navbati nima bo‘ladi? Diniy qo‘mita izoh berdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistonining Haj va Umra ziyoratlarini xorijliklar uchun bekor qilishi yuzasidan rasmiy bayonotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra 2020-yil 23-iyun kuni Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi Saudiya Podshohligi tomonidan Haj–2020 mavsumi bo‘yicha qabul qilingan qaror muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan.

Qo‘mitaning qayd etishicha, 2020-yilning 27-fevralidan koronavirus pandemiyasi sabab Saudiya Arabistoniga kirish taqiqlab qo‘yilgan va 14-mart kuni Tashqi ishlar vazirligi orqali Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirining Haj–2020 mavsumining tashkiliy ishlarini kechiktirib turish to‘g‘risidagi rasmiy xati olingan.

Shuningdek, axborotda Saudiya Arabistonida keskin epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgani, har kuni o‘rtacha 4000 ga yaqin kasallanish, 35-40 ta o‘lim holati kuzatilayotgani qayd etilgan.

"Saudiya Arabistoni qiroli – Ikki Muqaddas Haram xizmatchisi qirol Salmon ibn Abdulaziz inson salomatligi uchun shunday murakkab vaziyatni inobatga olib, Haj–2020 mavsumi uchun chet eldan ziyoratchilarni qabul qilmaslik haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi hamda 2020-yilning 22-iyun kuni mamlakat ichida bo‘lib turgan cheklangan miqdordagi ziyoratchilar uchun ichki Haj mavsumini tashkil etish bo‘yicha barcha tegishli choralarni ko‘rish to‘g‘risida qarorni qabul qildi.

Saudiya hukumatining ushbu qarori Saudiya ulamolari kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom olami uyushmasi, Misrdagi Al-Azhar majmuasi hamda "Dorul ifto” fatvo hay’ati va boshqa ko‘plab ilmiy markazlar tomonidan ma’qullandi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulazizning hojilar manfaatlari, ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni ta’minlash nuqtayi nazaridan qabul qilgan ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlaydi”, – deyilgan bayonotda.

Diniy qo‘mita 2020-yilgi Hajga borishni rejalashtirgan fuqarolarning navbati to‘liq saqlangan holda keyingi yilga o‘tkazilishini eslatib o‘tgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:458 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь