• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq suratlarni tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
16:38
O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq suratlarni tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Adliya vazirligining fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilish mexanizmlari qonunchilikda to‘liq aks ettirilmagan, deb hisoblab, Fuqarolik kodeksiga qo‘shimcha kiritishni taklif etmoqda. Bu haqda azirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasida fuqaroni tasvirga tushirish va undan foydalanishdan oldin qanday holatlarda roziligi olinishi yoki olinmasligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Xususan, loyihaga ko‘ra umumiy holatlarda fuqaroning tasvirini (foto, video, san’at asari ko‘rinishida) boshqa shaxslar tushirishi va undan foydalanishidan oldin roziligini (yozma, og‘zaki yoki harakat bilan) olishi lozim. Agar bunday rozilik olinmaganda, fuqaro tasvirini o‘chirib tashlashni talab qilish hamda yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonni fuqarolik sudi orqali undirish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, bedarak yo‘qolgan yoki jinoyat sodir etgan shaxsni qidiruvga berishda, davlat chegarasi va qo‘riqlanadigan hududlardan o‘tish va yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etishda, doimiy kuzatuv joylarida (metro, xiyobon, binolar va boshqa) xavfsizlik, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni manfaatini himoya qilish kabi maqsadlarda tasvirga tushirish va undan foydalanish uchun fuqaroning roziligi talab qilinmasligi nazarda tutilgan.

Ayrim toifadagi shaxslarni, xususan, davlat xizmatchilarini xizmat vazifasi o‘tash paytida davlat va jamoat arboblari hamda ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalarda taniqli shaxslarning tasviridan jamiyat uchun qiziqish uyg‘otadigan axborotlarni tarqatish maqsadida foydalanilganda ham egasining roziligi olinmasligi taklif etilgan.

Qayd etilishicha, kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqaroning sha’nini kamsitadigan, obro‘siga putur yetkazadigan, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga olgan tasvirlarini tarqatishga asos bo‘lmaydi. Bunday harakatlar taqiqlangan bo‘lib, ular uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Qonun loyihasining muhokamasi 8-martgacha davom etadi. Uning to‘liq matni bilan regulation.gov.uz saytida tanishish va fikr bildirish mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:539 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829