• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 20 » O‘zbekistonda eng arzon go‘sht qaysi bozorlarda sotilayotgani ma’lum qilindi
16:07
O‘zbekistonda eng arzon go‘sht qaysi bozorlarda sotilayotgani ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil 18-fevral kuni O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining "Qo‘yliq dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori”da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori”da (68 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kilogramm)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining "Eski shahar dehqon bozori” va "Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (1 200 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori”da (5 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 700 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori”da (1 700 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori”, Urganch shahrining "Urganch markaziy dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining "Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori”, Navoiy shahrining "Saxovat bozori”, Namangan shahrining "Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining "Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining "Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining "Chirchiq dehqon bozori”, Farg‘ona shahri "Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Urganch shahrining "Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining "Farhod dehqon bozori”da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori”da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 4 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining "Eski shahar dehqon bozori” "Farhod dehqon bozori” va "Qo‘yliq dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 so‘m). Maksimal narxi esa Samarqand shahrining "Siyob dehqon bozori”, "Temiryo‘l dehqon bozori”, "Damariq dehqon bozori” Toshkent shahrining "Eski shahar dehqon bozori”, "Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruchning minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori”da ro‘yxatga olingan ("Nukus” navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi ("Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining "Andijon shahar markaziy dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining "Chirchiq dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori”, "Farhod dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kilogramm)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahrining "Saxovat bozori”, Toshkent shahrining "Farhod dehqon bozori”, "Mirobod dehqon bozori”, "Eski shahar dehqon bozori” va "Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 500 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining "Yangibozor dehqon bozori” va "Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori” va "Eski shahar dehqon bozori”, Samarqand shahrining "Siyob dehqon bozori”, "Temiryo‘l dehqon bozori”, "Damariq dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori”da (6 500 so‘m) kuzatildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:556 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829