• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » O‘zbekistonda 68 ming talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Uni qondirish uchun 3 trln so‘m kerak
18:33
O‘zbekistonda 68 ming talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Uni qondirish uchun 3 trln so‘m kerak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga parlament so‘rovini yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning 115 universitetida 356 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda. O‘qish vaqtida ular yashashi uchun 208 yotoqxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda ularda 53 mingga yaqin talabalar istiqomat qilmoqda, 103 mingdan ortig‘i ijaraga kvartira olgan, 200 mingga yaqini esa o‘z uylarida istiqomat qilmoqda. 68 mingdan ortiq talabalar yotoqxonalarga muhtoj.

Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016—2019-yillarda oliy ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirish dasturi doirasida har biri 1600 o‘rinli to‘rtta yotoqxona qurilgan, 28 tasi rekonstrutsiya qilingan, 185 tasida ta’mirlash ishlari olib borilib, jihozlar bilan ta’minlangan.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chog‘ida 4610 o‘rinli 13 ta yotoqxonani qurish va 35 tasini rekonstruksiya qilish taklif qilingan.

Xususan, Urganch davlat universitetida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sentabr oyida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan foydalanishga topshiriladigan 500 o‘rinli yangi yotoqxona qurilmoqda.

"Olib borilayotgan ishlarga qaramay, talabalarning ma’lum qismi kvartirani ijaraga olishga majbur. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 68 354 nafar talabani qamrab olish uchun har biri 400 o‘rinli 170 ta yotoqxona qurilishi kerak. Buning uchun deyarli 3 trillion so‘m (314,8 million dollar) kerak bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda.

2030-yilga kelib universitetlarga qabul kvotasining 50 foizga oshishi hisobga olinsa, kelasi 10 yil ichida yana 300 ta yotoqxona qurilishi kerak.

Oliy ta’lim vazirligi Janubiy Koreya va Yaponiya tajribasini o‘rganib chiqib, viloyat markazlarida "yangi turdagi” yotoqxonalarni tashkil etish taklifini ilgari surgan. Shu maqsadda vazirlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod qilish, imtiyozli kreditlar va qurilish uchun bepul yerlar ajratish orqali tadbirkorlarni ularni qurish ishlariga jalb etishni taklif qilgan.

"Bosh vazir topshirig‘iga binoan, Toshkentda davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxona qurilishi to‘g‘risida e’lon qilindi. Ammo hozirga qadar biron-bir tadbirkor bundan foyda yo‘qligi sababli bu e’longa javob qaytarmadi”, — deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini o‘rnatgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:569 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829