• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilarining qabuli 6-iyuldan boshlanadi
20:22
O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilarining qabuli 6-iyuldan boshlanadi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni 6-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish pandemiya sharoitini inobatga olgan holda

6—31-iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud doirasida;
1—25-avgust kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqarida amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yilida respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishining oldini olish maqsadida Toshkent shahrida 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni 5-iyuldan "qabul.maktab.uz” sayti orqali tajriba-sinov tariqasida onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

maktab direktori nomiga ariza;

bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

ota-onaning pasport nusxalari;

bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;

bolaning 3,5 x 4,5 santimetr o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurati.

Ta’kidlanishicha, qabul amalga oshiriladigan yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish bilan bog‘liq savollar, taklif va shikoyatlar yuzasidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga murojaat etish mumkin.

"Ota-onalardan maktablarga tashrif davomida karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hamda ijtimoiy masofa saqlash so‘raladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:451 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031