• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 20 » O‘zbekistonda 19-iyun kuni 179 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi
08:44
O‘zbekistonda 19-iyun kuni 179 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi

O‘zbekistonda 18-iyun soat 23:00 dan 19-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 179 ta yangi holat qayd etildi. Bir kun avvalgiga qaraganda kasallar soni ikki baravarga o‘sdi. 18-iyun kuni 85 kishida koronavirus aniqlangandi. 179 ta yangi holat aniqlanishi — bu bir kunda O‘zbekistonda eng ko‘p kasallik qayd etilishi bo‘yicha beshinchi natija. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5946 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

146 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida;
29 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 24 nafar, Namangan viloyatida — 3 nafar, Toshkent viloyatida — 2 nafar);
4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent shahrida — 2 nafar, Xorazm viloyatida — 1 nafar, Andijon viloyatida — 1 nafar) aniqlangan.
Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 3 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi.

Aholi orasida qayd etilgan 29 ta holatdan 24 tasi Toshkent shahrida qayd etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda qayd etilgan 8 ta holat bo‘yicha ma’lumot berdi. Yunusobod tumanida yashovchi taksi haydovchisida (o‘zi kelib namuna topshirgan), tana harorati ko‘tarilgach, shifokorga murojaat qilgan Olmazor tumanida yashovchi uy bekasida, Uchtepa tumanida yashab, Sergeli tumanida oziq-ovqat do‘konida ishlovchi sotuvchida, xuddi shu tumandagi tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan uy bekasining ( 2020-yilning 13-iyunidan tana harorati ko‘tarila boshlagan) o‘g‘li va qizida hamda yana Uchtepa tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorda (o‘zi borib tahlil topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroda (12-iyundan tana harorati ko‘tarila boshlagan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati ko‘tarilgach, shifoxonaga murojaat qilgan va namuna topshirgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida koronavirus aniqlangan fuqaro tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘tkazgan tadbirida ishtirok etgan 13 nafar oila a’zosi va qarindoshiga kasallikni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Samarqandda aza marosimi chog‘ida koronavirus yuqishi qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

Namangan viloyatida 16-iyundan beri endi yangi kasallanish holatlari qayd etildi. Yangi holatlarning 3 tasi aholi orasida, 4 tasi kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida aniqlandi.

Bir kun avval aholi orasida eng ko‘p kasallanish holati qayd etilgan (14 ta) Toshkent viloyatida 19-iyun kuni aholi orasida 2 ta yangi holat aniqlandi.

Xorazm viloyatida 15-iyundan beri endi yangi kasallanish holatlari qayd etildi. Viloyatda aniqlangan 12 ta holatdan 11 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 1 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.

Navoiy viloyatida ham karantinga olingan fuqarolar orasida 4 ta yangi holat qayd etildi.

Andijon viloyatida besh kun ichida birinchi marta yangi kasallanish holati aniqlandi. Xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisida virus aniqlangan.

Kasallikdan davolanish

19-iyun kuni koronavirusdan sog‘aygan 74 nafar fuqaro uylariga kuzatildi. Ularning 68 nafari Toshkent shahridagi, 6 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5946 nafar bemordan 4273 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda. 13-iyun kuni bu boradagi ko‘rsatkich 78 foizgacha ham chiqqandi.

17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 19-iyunga kelib ularning soni 1600 nafardan ham oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 1654 nafar bemordan 1295 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 359 nafar bemor mamlakatning 9 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

Qoraqalpog‘istonda 6, Andijonda 8, Surxondaryoda 15, Samarqandda 17, Buxoroda 27, Namanganda 28, Xorazmda 36, Navoiyda 61 va Qashqadaryoda 161 nafar bemor qoldi. Jizzax va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi.

Ahvoli og‘ir bemorlar

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1654 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ikki sutkadan beri ahvoli og‘ir bemorlar soni 12 nafarni tashkil etayotgandi. 16-iyundan beri shifoxonalarda ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar qolmagandi. Endi bir nafar o‘ta og‘ir ahvoldagi bemor bor.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydiriladimi?
Karantindagilar

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 33 601 nafar, statsionar karantinda esa 22 875 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 3167 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 532 nafarga ko‘paydi. Uy karantinidagi fuqarolar soni bir kunda 3 mingdan ortiqqa ko‘payishi yaqin orada kuzatilmagandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:461 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь