• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 23 » O‘zbekiston Transport vazirligi vakili odam tiqilinch bo‘lgan avtobusda koronavirus yuqtirmaslik uchun nima qilish kerakligini aytdi
20:16
O‘zbekiston Transport vazirligi vakili odam tiqilinch bo‘lgan avtobusda koronavirus yuqtirmaslik uchun nima qilish kerakligini aytdi

O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov 23-iyun, seshanba kuni o‘tkazilgan brifingda shahar jamoat transportida yuzaga kelayotgan tiqilinchliklar masalasida savolga javob berdi.

Vazirlik vakiliga "Toshkent shahrida yo‘lovchilar tiqilinch bo‘ladigan kichik avtobuslarni yo‘nalishga chiqmagan katta Mercedes-Benz avtobuslarga almashtirsa bo‘lmaydimi?”mazmunidagi savol berildi.

Navro‘z Ashurmatovning so‘zlariga ko‘ra, "Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yo‘nalishda 1067 ta avtobus ishga chiqarilgan.

"Avtobus salonida yetarlicha yo‘lovchi bo‘lsa, o‘z salomatligini o‘ylagan holda unga chiqmaganingiz har jihatdan ma’qul. Ozroq kutsa, keyingi avtobusda bemalol ketish mumkin”, — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari.

O‘zbekistonda 8-iyundan "sariq” va "yashil” hududlarda jamoat transportida harakatlanishga ruxsat berildi. Toshkentda avtobus haydovchilari uchun qo‘yilgan kunlik "plan” bekor qilindi. Shahar bo‘ylab transport qatnovlari avtobuslarda amalga oshiriladi, ular poytaxt ichida hamda Toshkent viloyatining "qizil” toifaga kirmagan hududlari yo‘nalishlari bo‘yicha qatnaydi.

Respublika maxsus komissiyasining xabariga ko‘ra, jamoat transportida olib borilgan monitoring natijalari avtobus salonida ijtimoiy masofani saqlash bilan bog‘liq karantin talablarini buzib, tirbandlik hosil qilgan holda yo‘lovchi tashish holatlari uchrayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat sifatida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vazirligiga avtobus reyslarida tirbandlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda boshqa sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Avvalroq "Toshshahartransxizmat” avtobuslar harakatining dastlabki kunlarida ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilganini ma’lum qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:477 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь